Böston tumani hokimining investitsiya hamda qişloq xöjaligi masalalari böyiça sobiq örinbosarlari jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmiga köra, 45 yoşli U.S. Böston tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, tuman qişloq xöjaligi bölimi boşliği vazifasida işlab kelgan. U tumandagi boğdorçilik va meva-sabzavotçilikka ixtisoslaştirilgan fermer xöjaliklari tomonidan eksport rejasining bajarilişiga masʼul bölgan.
U.S. fermerlarga göyoki ularning nomidan eksport rejasini bajarişini, buning evaziga har bir gektar yer maydoni uçun 1 mln sömdan berişlari kerakligini aytgan. Hokim örinbosari hududdagi fermer xöjaliklardan birining iş boşqaruvçisidan 5 gektar yer maydoni uçun 5 mln söm talab qilib, şundan 4 mln sömini pora tariqasida olgan.
Şuningdek, U.S. Böston tumani hokimining örinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bölimi boşliği Ş.D. bilan til biriktirgan. Ikki örinbosar bir guruhga birlaşib, tumanda faoliyat olib boruvçi köp tarmoqli fermer xöjalikning boğdorçilik va sabzavotçilikka möljallangan 65 gektar yer maydoni uçun göyoki ularning nomidan eksport rejasini bajariş evaziga 65 mln söm talab qilişgan. Ş.D. uşbu pulning 40 mln sömini pora tariqasida olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan.
JIB Qörğontepa tuman sudi hukmi bilan U.S. va Ş.D Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi tegişli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybli deb topilgan. U.S.ga 6 yil, Ş.D.ga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Şuningdek, sudlanuvçilar 2 yilga davlat yoki davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan.
Apellyatsiya va taftiş instansiyalari dastlabki sud hukmini özgarişsiz qoldirgan.
Uşbu hokim örinbosarlari tezkor tadbirda pora bilan uşlangani xabar qilingandi.












