3-oktabr – Osiyo öyinlarining 13 kunida Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari sportning 11 turida bahslarda iştirok etdi.
Kun davomida 1 ta oltin, 2 ta kumuş va 2 ta bronza qölga kiritildi.
Badiiy gimnastika
Badiiy gimnastika böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi Taxmina Ikromova Osiyo öyinlaridagi uçinçi oltinçi medalini qölga kiritdi (u Hangçjoudagi turnirda yakkalik va jamoaviy bahslarda ham oltin olgandi). Yaponiyada u yakkalik köpkuraş dasturi finaliga çiqdi va 112.950 ball olib, barçani ortda qoldirdi. Ikkinçi va uçinçi örinlarni xitoylik gimnastikaçilar band etdi. Qozoğistonlik gimnastikaçilar Akmaral Yerekeşeva hamda Aybota Yertayqizi esa törtinçi va beşinçi örinlarda qolib ketişdi.

Öz navbatida guruh maşqi dasturida qatnaşgan Irodaxon Sodiqova, Yosina Jörayeva, Diana Hakimova, Milana Safina hamda Sofiya Usovadan iborat jamoa 49.850 ball bilan törtinçi örinni egalladi. Sovrinli örinlarni Xitoy (55.300), Yaponiya (52.500) hamda Qozoğiston (51.500) jamoalari öziniki qildi.
Erkin kuraş
Özbekiston erkin kuraşçilar jamoasi kutilgan yuqori natijalarga erişa olmadi. Bugungi dasturda jamoaning yana 5 nafar vakili öz kuçini sinab kördi.
-97 kg vazn toifasidagi Şerzod Poyonov öz iştiroki davomida Bahrayn nomidan qatnaşgan Magomed Şaripov (3:3, oxirgi ballni qölga kiritgani evaziga keyingi bosqiçga çiqqan), möğulistonlik Gankhuyag Ganbatar (2:1) va hindistonlik Dipak Puniya (9:8) tösiğidan ötdi. Ammo finalda eronlik Amirali Azarpiya qarşisida ojiz qoldi (0:10) va kumuş bilan kifoyalandi.

Asli rossiyalik bölgan va sönggi xalqaro turnirlarda Özbekiston nomidan qatnaşib kelayotgan Ramzanbek Jamalov uçun esa bu safargi turnir öta muvaffaqiyatsiz çiqdi. Parij Olimpiadasida oltin qölga kiritgan uşbu sportçi Osiyo öyinlarida ilk raqibgayoq yutqazdi. U avvaliga eronlik Yunus Imomçağoiydan mağlub böldi (6:7), uşbu sportçi finalgaça yetib borgaç, Jamalovda bronza uçun kuraşiş imkoniyati tuğildi. Ammo ötiş bahsida hindistonlik Sagar Jaglanga ham yutqazib qöydi (3:7).


















