
Maşalloh. Bu xabarni öqib juda ham xursand böldim.
Rahmatillaning “keysi” meni köp öylantiradi, ba’zida xafa qiladi, ba’zida xursand qiladi. Negaligini tuşuntiraman.
Rahmatilla – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvçisi. Kanadaga ketişidan oldin Özbekistondagi yetakçi saytlardan birida, el tanigan jurnalist sifatida işlardi. Albatta, oyligi osmon-u falakdek emas, lekin Toşkent şaroiti uçun yomon emasdi. Töğri, bu oylik bilan ijarada yaşayotgan uyini şaxsiy uyga, piyoda yurişni şaxsiy maşinada yurişga almaştiriş juda qiyin, buni tuşunaman. Lekin baribir ham oliy ma’lumotli, yaxşi universitet bitiruvçisi, yaxşi kasb egasi hamma narsasini taşlab, Kanadaga tavakkal qilib ketdi. Va dastlabki yillarda nisbatan oğir işlarda (“qora mehnat” deyişni yomon köraman) tirikçilik qilişiga töğri keldi.
Işxonadagi yoş jurnalistlarning köpçiligi Rahmatillaga havas qiladi: “U uddaladi, keta oldi, mana işlayapti, mana natijalarga erişyapti, men-çi?” degan fikrdalar, nazarimda. Aynan şu narsa: oliy ma’lumotli, jamiyat uçun foydali işda işlayotgan yoşlarning kelajagini vatanida köra olmayotgani, çetga ketiş haqida öylaşga majbur bölayotgani – masalaning meni xafa qiladigan tomoni.
Boşqa tomondan esa, Özbekiston özining bilimli yoşlarining hammasini ham ular istayotgan darajadagi maoş, yetarli hayot sifati bilan ta’minlaşi hozirda imkonsiz ekan, ularning bir qismi harakatini qilib, çetga ketib, töğri iş qilişyapti, deb öylayman. Allohning yeri keng... Masalan, bu holatda Rahmatillaning rizqi Kanadada ekan, mana, sekin-sekin birini ikki qilyapti. Xorijda köp vaqt yaşagan inson sifatida bilaman, xorijda yaşaş oson emas, lekin vaqt ötgan sari odam özi yaşayotgan joyiga mehr qöyadi, örganadi, könikadi.
Aytmoqçimanki, har bir inson yaxşi yaşaşga haqli. Şuning uçun issiq örnini qoldirib, farovonroq hayot quriş uçun vatandan taşqariga yöl olganlarni faqat olqişlayman. Barakalla, Rahmatilla!
***
Bu postni aslida ijtimoiy tarmoqdagi şaxsiy sahifamga joylaş uçun yozgandim, hozir esa saytning “Nuqtayi nazar” rukniga joylaş fikri kelganidan keyin, biroz qöşimça qilişni lozim deb hisoblayman. Öz tajribamdan kelib çiqib ayta olamanki, har qanday holatda çet elga işlaşga yo öqişga ketişdan oldin puxta tayyorgarlik köriş lozim. Ayniqsa, xorijiy tilni ertaroq örganiş va farzandlarga ham örgatiş köproq imkoniyatlar eşigini oçadi.









