Ota-onasidan erta ajralgan Jasurbek Haydarqulov pul topiş uçun kollejni bitiriboq Rossiyaga ketgan. 10 yildan köproq u yerda oşpaz bölib işlagan. “Bir oyda atigi 2 marta dam olardik, yakşanba kuni ham iş edi”, deb eslaydi u öşa yillarni. Jasurbek 2 oydan beri Buyuk Britaniyada, qişloq xöjaligi sohasida tirikçilik qilyapti. U Kun.uzʼga bergan intervyusida qanday qilib Uelsga ketgani, hujjatlarni tayyorlaş kabi jarayonlar haqida gapirib berdi.
Jasurbek Haydarqulov 1991 yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tuğilgan. Öşa yerda kasb-hunar kollejini bitirib, Rossiyaga işlaşga ketgan. Rus ölkasida 10 yildan ortiq vaqt oşpazlik ortidan tirikçilik qilgan va keyinroq Özbekistonga qaytgan.
2023 yilda Britaniyada qişloq xöjaligida işlaş uçun e’lon qilingan tanlovda qatnaşib, 2024 yil yanvar oyida Uels (Wells) şahriga uçib ketgan. Hozirda u yerdagi britan fermalaridan birida köçat saralab, oyiga örtaça 2,5 ming funt sterling (3,2 ming dollar) topmoqda.
“Buyuk Britaniyaga til bilmasdan kelişni heç kimga tavsiya qilmayman”
[2023 yil noyabr-dekabr oylarida] Taşqi migratsiya agentligining rasmiy kanalida e’lon qilingan xabarni körgaç, Buyuk Britaniyaga ketiş istagi paydo böldi. Keyin Angliyaga ketiş uçun sekin-sekin öz ustimda işlab, ingliz tilini ham oz-moz örganişni boşladim. IELTS sertifikatim yöq, ingliz tilini muloqot darajasida örganganman.
Rossiyadan Özbekistonga qaytganimdan keyin agentlik e’lon qilgan xabar böyiça röyxatdan ötdim. Şundan söng elektron poçtamizga suhbatga qabul qilinganimiz haqidagi xabar yuborildi. Rus tilida bölgan suhbatdan ötganimizdan bir oy ötgaç, bizga Angliyadagi iş beruvçilar tomonidan işga taklifnoma yuborildi. Agentlik tomonidan yöllanma berilgaç, vizaga topşirdik, taxminan, 500 dollar tölovi ham böldi va bir hafta uzoği ön kun içida vizamiz çiqdi. Iş beruvçi tomonidan heç qanday ortiqça hujjatlar talab qilingani yöq. Umuman olganda, Özbekistonda röyxatdan ötganimizdan 2 oy ötgaç, Angliyaga yetib keldik. Til sertifikati talab qilingani yöq, faqatgina muloqot qiliş uçun kerakli darajada örganganman. Lekin bu yer [Buyuk Britaniya]ga til bilmasdan kelişni heç kimga tavsiya qilmayman. Çunki bu yerda biz bilan birga, turli millat vakillari: Ruminiya, Moldaviyadan kelganlar ham işlaydi, şuning uçun rus va ingliz tilini biliş muhim.
“
















