Koreyada özbek diasporasi kengayib borarkan, bir neçta şaharlarda köplab özbeklar yaşaydigan mahallalar şakllanib boryapti. Kimhe şahridagi Seosang-dong – ana şunday joylardan. Kun.uz muxbiri Koreyaga safari davomida Özbekistondan minglab kilometr uzoqlikdagi “özbek mahallasi” qanday şakllangani va u yerdagi hayot tarzi bilan qiziqdi.

Avvalo aytiş kerakki, Koreyadagi özbekistonliklar soni 100 ming nafarga yaqinlaşgan va eng yirik 5 ta diasporadan biriga aylanib ulgurgan.

Kimhe şahridagi Seosang-dong dahasidagi birgina köçada 5-6 ta özbek dökoni bor. Bu dökonlarda Özbekistonda sotiladigan mahsulotlarning deyarli barçasini topiş mumkin. Göyoki mahalla boşidagi taniş dökonga kirgandek bölasiz. Qolaversa, özbek oşxonalari ham talaygina. Oşxona oçganlardan biri – Navrözjon Safoyev.

“Menyuda 20 dan ortiq milliy taomlarimiz bor”

Navrözjon Safoyev, tadbirkor:

— Koreyaga kelganimizga 6 yil böldi. Biznes viza bilan kelganmiz. Şu paytgaça oşxonalarda işlab, tajriba töpladik. Endi esa özimizning halol oşxonamizni oçdik. Menyuda Samarqand taomlari, 20 dan ortiq özbekça ovqatlar bor. Koreyaliklar ham şohona ovqatlarimiz – palov va şaşliklarni yoqtirib yeyişadi.

Koreyada biznes qiliş juda qulay. Hamma narsa oçiq, tizimlaşgan. Hujjatlar uçun sarson bölmaysiz. Davlat organlari özi yordam beradi. Bu yerda qonun ustuvor. Fuqaro koreyalikmi, çet ellikmi, farqi yöq – qonun barça uçun bir xil.

Oşxonani oçiş uçun taxminan 100 ming dollardan köproq mablağ va bir oydan ortiq vaqt ketdi.