TIV rahbaridan Özbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida ma’lumot beriş söralgan.

Bu haqda deputat Alişer Qodirov xabar berdi. U yuborilgan sörov aynan biror bir holat yuzasidanmi yoki fuqarolarning umumiy holati böyiçami, oydinlik kiritmagan.

Eslatib ötamiz, kuni keça Qirğiziston Rossiyadan öz fuqarolari tahqirlangani yuzasidan izoh talab qilgan edi. Rossiya elçisi Sergey Vakunov Qirğiziston TIVga çaqirtirilib, 11 aprel kuni Moskvadagi «Bodrost» hammomida Qirğiziston fuqarolariga qarşi ötkazilgan reyd yuzasidan tuşuntiriş berişni sörab, rasmiy nota topşirilgan.