Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlamenti delegatsiyasi Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) Kengaşining XV yalpi majlisida iştirok etdi. Yiğilişda sunʼiy intellekt va texnologik taraqqiyot şaroitida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Yalpi majlisda sözga çiqqan Tanzila Norboyeva sunʼiy intellekt taʼlim, tibbiyot, iqtisodiyot va davlat xizmatlari sifatini oşiriş uçun keng imkoniyatlar yaratişini taʼkidladi. Şu bilan birga, yangi texnologiyalarni rivojlantiriş bilan bir qatorda inson huquqlarini himoya qiliş, şaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlaş va sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalanişning huquqiy asoslarini mustahkamlaş zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Özbekistonda raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar hamda qonunçilikdagi yangiliklar haqida maʼlumot berildi. Majlisda parlamentlar örtasida qonunçilik tajribasini almaşiş, sunʼiy intellektdan foydalaniş böyiça umumiy tavsiyalar işlab çiqiş va zamonaviy texnologiyalarni parlament faoliyatiga joriy etiş yuzasidan takliflar bildirildi.

Tadbir doirasida Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov TurkPAga aʼzo davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uçraşdi. Unda Tanzila Norboyeva Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov örtasidagi siyosiy muloqot va özaro işonç ikki davlatning strategik şeriklik munosabatlarini izçil rivojlantirişga zamin yaratayotganini qayd etdi.

Uçraşuvda TurkPAning turkiy davlatlar örtasidagi parlamentlararo muloqotni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, raqamli va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirişdagi örni muhokama qilindi.

Şuningdek, Tanzila Norboyeva Qirğiziston Jöqorği Kengeşi raisi Marlen Abdraxmanov bilan uçraşdi. Muloqotda ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş, parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş hamda erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosini taʼminlaş masalalari körib çiqildi.