«PSJ» «Barsa»ga ham 4 ta gol urdi, «Siti» Holandsiz yirik ğalabaga erişdi
|12:22 / 21.10.202619 47215 min
Seşanba oqşomida YeÇLning 3-turi doirasida ötkazilgan öyinlar, gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
Parijliklar kuzning eng muhim öyinida ğalabaga erişdi, ammo jiddiy yöqotişlarga uçradi; Abduqodir Husanov töliq öynagan, Holand zaxiradan ham tuşmagan öyinda «Siti» 5 ta gol urib ğalaba qozondi; «Liverpul» esa 7 gol urilgan öyinda kambek amalga oşirdi; Rahmonaliyev va jamoasi «Borussiya»ga yutqazdi.
Bu öyindan muxlislar köp narsa kutişayotgandi va jamoalar amalda ham tomoşabop öyin namoyiş etib berişdi. Xviça Kvaratsxeliya birinçi daqiqadayoq darvoza ustunini poyladi. Bölim davomida kataloniyaliklar posboni Joan Garsiya jami sakkiz seyv ijro etişiga töğri keldi. Parijliklar öyin yakunigaça darvoza sohasiga töğri borgan zarbalari sonini 14 taga yetkazişdi.
Ammo birinçi bölimda gollardan köra jarohatlar köp böldi. Avvaliga Usmon Dembele, uning ortidan Dani Olmo jarohat olib maydonni tark etdi.
Ularning örniga zaxiradan tuşgan Ferran Torres va Fermin Lopes esa vaziyatlarni kökka sovurişdi. Faqat bölim oxirlarida Dezire Due öz mahoratini namoyiş etib, himoyaçilar qurşovida turgan holda qaytarib bölmas zarba yöllab, hisobni oçdi.
Four special strikes, which was the best? ⚽ @Heineken | #UCLGOTD https://t.co/0GDg8AG7lv
Ikkinçi bölim boşida esa kataloniyaliklarning 19 yoşli himoyaçisi Havi Espart öng qanotdan oldinga yurdi va hisobni tenglaştirdi. Ötkazilgan gol ortidan mezbonlar ketma-ket yoqimsiz holatlarga duç kelişdi. Markinios va Xviça jarohat olib maydonni tark etişdi. Gurjistonlik vingerning jarohati jiddiy ekani va u mavsum oxirlariga qadar safga qayta olmasligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
Keyin esa jamoalar yetti daqiqa içida bittadan gol urişdi: Due burçakdan oşirgan töpni Ernandes boş bilan darvoza töriga yölladi, keyin esa Yamal endigina maydonga tuşgan Zair-Emerining xatosidan foydalanib, hisobni yana bir bor tenglaştirdi.
Öyin durang natijaga qarab ketayotgandi, ammo parijliklar asosiy yetakçilaridan ayrilganiga qaramay, nomdor raqibga qarşi öyinni ğalabaga aylantira olişdi: sönggi ön daqiqalikda Vitinya va Ruis bittadan gol urib, kataloniyaliklarning ğalabali seriyasiga nuqta qöyişdi. «Barselona» bu öyingaça yutqaziş tugul, durang ham öynamagan, 11 öyinda 48 gol urib, yölidan çiqqan raqibga dahşat solayotgandi (la liganing töqqiz öyinida 39 gol, Çempionlar ligasining dastlabki ikki öyinida yana töqqizta). Ammo «PSJ» YeÇLda ikki mavsumdan buyon ğolib bölayotgani bejiz emasligini isbotladi. Ketma-ket «Siti» va «Barsa»ga qarşi öyinlarda 4 tadan gol urgan Luis Enrike şogirdlari asosiy yevrokubokda 13 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriya (9 ğalaba, 4 durang) qayd etmoqda.
Keyingi turda «PSJ» «Vilyarreal» mehmoni böladi, «Barselona» «Aston Villa»ni qabul qiladi.
APLning oxirgi öyinida maydonni oqsoqlanib tark etgan Holand zaxirada qoldirildi, Enso Mareska uning örniga 17 yoşli Sambani maydonga tuşirdi. Şuningdek, sönggi vaqtlarda zaxirada qolib ketayotgan özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanov ham bu safar boşlanğiç tarkibga kiritildi.
AEK nomdor raqibga qarşi 12 daqiqa çidab berdi. Keyin esa standart vaziyatda hisob oçildi. Enso Fernandes töpni jonli devor ustidan ötkazdi, ammo darvoza tösinini poyladi, qaytgan töpga esa birinçi bölib Elliot Anderson yetib keldi va böş darvozani işğol etdi. Bu uşbu yarimhimoyaçi uçun «şaharliklar» safidagi ilk gol böldi. Tanaffus arafasida esa Foden Lyuis bilan devor uslubida öynab, yakuniy zarbani aniq yölladi va hisobdagi farqni oşirdi.
Ikkinçi bölim boşida «Siti» kutilmaganda gol ötkazib yubordi. Tanaffusda öyinga qöşilgan Zini himoyaçi Piliosga golli assist berdi. Ammo bu gol bilan greklar raqibning jahlini çiqarib yubordi. Avvaliga Foden Şerkining goliga uzatma berdi – fransuz yarimhimoyaçisi öz uslubida himoyaçini doğda qoldirdi va töpni burçakka aniq yölladi. Keyin esa Foden het-trikni rasmiylaştirdi (3+1) va «şaharliklar»ning YeÇLning bir öyinida uç gol urgan oltinçi futbolçisiga aylandi. Jamoaning eng köp het-trik qayd etgan futbolçisi Holand esa öyin oxirigaça zaxirada qoldi va muhimroq öyinlar uçun kuç saqladi.
Keyingi turda «Mançester Siti» safarda «Leypsig» bilan öynaydi, AYeKni «Real»ga qarşi uy öyini kutmoqda.
Isak, Virs va Barkolya kabi hujum vakillari zaxirada qoldirilgan öyinda «Liverpul» YEÇL tarixidagi eng tezkor golini ötkazib yubordi (3 daqiqayu 54 soni). Jamoa sardori Virjiyl van Deyk boş bilan töpni darvozabonga qaytarişga urinib, Jorj Mikautadzega gol sovğa qildi.
Birinçi bölim örtalaridan ötganda esa mezbonlar himoyasi yana bir bor muvaffaqiyatsizlikka uçradi va «Vilyarreal»ning birdaniga ikki futbolçisi Alison qarşisida paydo böldi: Saliba Kardonani golli uzatma bilan taʼminladi. Ammo tablodagi 0:2 hisobi qizillarni sindira olmadi. Avvaliga Makallister burçak zarbasidan keyin boş bilan zarba yöllab, hisobdagi farqni qisqartirdi. Tanaffus arafasida esa Kardona qöpol xatoga yöl qöydi va Arauho Ngumoaning uzatmasini golga aylantirib, hisobni tenglaştirdi – 2:2.
Ikkinçi bölimda esa «Liverpul»ni töxtatib bölmadi va uç daqiqa içida öyin taqdiri hal böldi. Hal qiluvçi hujumda Makallister töpni öng qanotga oşirdi va özi jarima maydoni tomon yugurib, qaytarib berilgan töpni rikoşet yordamida darvoza töriga yölladi. Keyin esa Simikas maydon markazida töpni olib qöydi va tezkor qarşi hujum boşlab berdi, bu hujum Gakponing zaxiradan maydonga tuşgan Virsga golli pas berişi bilan yakunlandi. «Vilyarreal» safida zaxiradan tuşgan Oluvaseyining goli esa mersisaydliklarning YeÇLdagi ğalabali seriyasini yöqqa çiqara olmadi. Andoni Iraola jamoasi uç turda 9 oçko töplagan holda «PSJ» bilan birgalikda turnir jadvalini boşqarmoqda.
Keyingi turda «Liverpul» «Fenerbahçe» mehmoni böladi, «Vilyarreal» uyda «PSJ»ni qabul qiladi.
Dastlabki ikki turda ilojsiz holatda yutqazgan neapolitanliklar bu safar norveglar bilan birga gollar şousini uyuştirişdi.
Matteo Politano ilk daqiqadayoq hisobni oçdi, bölim davomida mehmonlar javob golini urişdi, ammo Skott Maktominey baribir jamoasini tanaffusga ğolib holda olib çiqdi.
Ikkinçi bölimda «Budyo» yana muvozanatni tikladi. Maktominay yana neapolitanliklarni olğa boşlaşiga töğri keldi: 75-daqiqada u havodagi kuraşda raqibdan ustun keldi va boş bilan töpni darvoza töriga joyladi. 88-daqiqada Odin Bortfutning avtogoli öyin taqdirini hal qildi. Norveglarning 90+4-daqiqadagi navbatdagi javob goli öyin taqdirini özgartira olmadi.
Keyingi turda «Napoli» safarda «Portu» bilan öynaydi, «Budyo»ni «Lill»ga qarşi uy uçraşuvi kutmoqda.
Turnirni «Viking» va «Slovan» kabi raqiblar ustidan qozonilgan ğalabalar bilan boşlagan va peşqadamlar qatorida borayotgan «Ştutgart» bu turda jiddiy raqibga qarşi öynaşiga töğri keldi. Öz maydonida öynagan nemislar ğalabali seriyasini davom ettirişi ham mumkin edi – Oblak birinçi bölim davomida bir neça bor qutqarişiga töğri keldi, ammo Levelingning zarbasi qarşisida ojiz qoldi.
Tanaffusda Diyego Simeone Devid örniga Lukmanni maydonga taşladi va uşbu özgariş özini oqladi. Ikkinçi bölim boşida nigeriyalik vinger çap qanotdan töpni jarima maydoniga uzatdi, Hulian Alvares esa bir teginişda töpni darvoza tösini ostidan törga joyladi.
64-daqiqada esa madridliklar ozçilik bölib qolişdi: Morten Yulmand maydon markazida Anjelo Ştillerga qöpollik qildi va hakam tomonidan qizil kartoçka bila jazolandi.
Qolgan daqiqalarda hisob özgarmay qoldi.
Uç turdan keyin atigi tört oçkoga ega bölgan madridliklar keyingi turda uyda «Bavariya» bilan öynaydi, bundesligadan köra YeÇLda yaxşiroq qatnaşayotgan «Ştutgart»ni «Galatasaroy» stadionidagi yana bir qiyin öyin kutmoqda.
Portugaliyadagi öyinda barçasini Gus Til ikkinçi bölimda urgan yagona gol hal qildi. Bu vaziyatda Sven Meynans darvoza tomon zarba bergandi, ammo töp qiyşiq ketayotganida hujumçi unga oyoq qöyişga ulgurdi. «Portu»da hisobni tenglaştiriş uçun vaziyatlar böldi, ammo mehmonlar darvozabon Matey Kovarj va himoyaçilarning jonbozligi evaziga ğalabani saqlab qolişdi. Vaziyatlardan birida Lyutsxarel Gertreyda töpni darvoza çiziği ustida töxtatib qoldi.
Keyingi turda «Portu» «Napoli»ni, PSV – «Bryugge»ni qabul qiladi.
«Saboh» «Borussiya» Dortmundga qarşi munosib qarşilik körsatdi. Bokuliklar birinçi bölimda durang hisob qayd etişgandi, ammo ikkinçi bölimda Seru Girassi dublni rasmiylaştirdi va öyin taqdirini hal qildi. Mezbonlar safida özbekistonlik yarimhimoyaçi Umarali Rahmonaliyev 81 daqiqa öynadi.
Keyingi turda «Borussiya» uyda «Betis» bilan öynaydi, «Saboh»ni Norvegiyada «Viking»ga qarşi safar öyini kutmoqda.
«Roma» «Slovan»ga qarşi öyinda heç qanday qarşilikka uçramadi – 4:0. Slovaklar – qatorasiga uç turda mağlub bölgan holda (töplar nisbati 1:13) liganing asosiy autsayderi bölib turibdi.
Rimliklar ikki bölimda ikkitadan gol urişdi: avvaliga himoyaçi Mario Ermoso standart vaziyatda hisobni oçdi. Keyingi uçta gol jamoa markaziy hujumçisi Doniell Malenning faolligi bilan urildi. Avvaliga uning zarbasi darvozabondan qaytganida töpga Nauel Molina birinçi bölib yetib keldi. Ikkinçi bölmi boşida uning uzatmasini Nikkolo Pizilli golga aylantirib, hisobni yirik körinişga keltirdi. Biroz ötib Malenning özi penaltidan foydalanib, yakuniy hisobni örnatdi – 4:0.
Keyingi turda «Roma» «Old Trafford»da mehmon böladi, «Slovan»ni LASK maydoniga safar kutmoqda.
Ötgan turda «Aston Villa» maydonida javobsiz 6 ta gol qabul qilib olgan «Fanerbahçe» ilk daqiqalardan oldinga taşlandi. Avvaliga Öğuz Oydin tezkor gol bilan hisobni oçdi, bir neça daqiqa ötib Grinvud hisobdagi farqni oşirdi. Köpçilik turklar bu öyinda yirik hisobda ğalaba qozonib, töplar nisbatini yaxşilab olişiga tayyorlana boşlagandi, ammo çexlar soçilib ketmadi va darhol javob golini urişdi. Matteo Genduzining jarima maydoni yaqinidagi qöpol xatosi mehmonlarga öyinga qaytiş imkonini berdi.
Tanaffusdan keyin «kanareykalar»da öyinni hal qiliş uçun yetarliça imkoniyatlar böldi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi. Öyin oxirida esa pragaliklar hisobni tenglaştirişdi. Umuman, durang hisob öyinga mos natija böldi: zarbalar böyiça hisob 14:15, darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar soni 5:4 körinişida edi.
Keyingi turda «Fener» va «Slaviya» APL top-klublari sinovidan ötadi – mos ravişda «Liverpul» va «Arsenal»ni qabul qilişadi.