AQŞ, Rossiya va Ukraina iştirokidagi uç tomonlama muzokaralar noyabr oyida tiklanişi mumkin. Kremldagilarning tegişli bayonoti ortidan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham bunday muzokaralarga tayyorligini maʼlum qildi.

«Biz Rossiya bizning iştirokimizdagi uç tomonlama uçraşuvni qöllab-quvvatlaşi töğrisida fidbek oldik. Amerika tomoni buni imkon qadar tezroq amalga oşirişni taklif qilmoqda. Biz buni qöllab-quvvatlaymiz», – dedi u 21-oktabr kuni keçqurungi bayonotida.

Zelenskiy ehtimoliy uçraşuv sanasini aytmagan, ammo AQŞ muzokaralarni yaqin vaqtlar içida ötkaziş uçun «imkon doirasidagi barça işni qilayotgani»ni taʼkidlagan. «Öylaymanki, noyabr oyi boşidan keçikmaydi», – deya qöşimça qilgan u.

Zelenskiy muzokaraçilarning asosiy vazifasi, uruşi yakunlanişi va tinçlik boşlanişini yaqinlaştirişdan taşqari, yetakçilar uçraşuviga tayyorgarlik köriş ekanini qayd etgan. Ukraina prezidenti Kiev muzokaralarda har qanday otaşkesimni (töliq yoki qisman öt oçişni töxtatiş) qöllab-quvvatlaşini aytdi.

21-oktabr kuni kunduzi, Peterburgda AQŞ prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff va Vladimir Putin örtasida muzokaralar bölib ötganidan keyin, RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov noyabr oyida uç tomonlama muzokaralar bölib ötişini anons qilgandi. U Rossiya «uruşdan keyin Rossiya va Ukraina uçun xavafsizlik tizimini yaratiş haqidagi asosiy mavzu böyiça» muzokaralarni qayta boşlaşga tayyorligini taʼkidladi. Prezident yordamçisi muzokaralar «noyabr oyining öninçisida», yaʼni AQŞ Kongressi uçun oraliq saylovlar bölib ötganidan keyin start olişini aytgandi.

Uşakov Uitkoff Putinga taqdim etgan «yangilangan tinçlik rejasi»da «Ukraina inqirozini hal qiliş nuqtayi nazaridan foydali narsalar unçalik köp emasligi»ni taʼkidladi. Şu bilan birga, uruş qaçon tugaşi haqidagi savolga javoban esa «iş şunga qarab ketayotgani»ni aytdi.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun muzokaralarga Abu-Dabi mezbonlik qilişi mumkinligini maʼlum qildi. Peskovdan Rossiya uşbu uçraşuvda imzolaş uçun qandaydir hujjatlarni tayyorlaydimi, deya söralgan. U esa şunday javob bergan: «Siz ança oldinga ötib ketyapsiz. Bunday qiliş kerak emas».

Stiven Uitkoffning özi Sankt-Peterburgdan Osloga uçib keldi, bu yerda ittifoqçilarni Putin bilan muloqoti mazmunidan xabardor qildi. Şundan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uç tomonlama formatdagi işlar «texnik darajada davom ettirilişi» haqida yozdi.

Donald Tramp Uitkoffning Oslo va Sankt-Peterburgga safari yakunlarini izohlarkan, hozirda uruş tugaşi «har qaçongidan ham yaqinroq bölişi mumkinligi»ni aytdi. U şu kunlarda bu haqda Putin bilan gaplaşganini taʼkidlagan.