Kuraş böyiça musobaqada yarimfinal bahsi özbekistonlik kuraşçilar dueliga aylandi. Şuningdek, özbekistonlik boksçilardan uç nafari yarimfinal masalasini hal qildi.Osiyo öyinlari arafasida sport fuqaroligini özgartirib, Özbekiston nomidan qatnaşgan Anastasiya Baxtireva va Violetta Yevenko (har ikkisi ham Yevropa çempionlari) sinxron suziş böyiça musobaqada natija körsata olmadi.
Foto: Milliy olimpiya qömitasi Şohruxxon BaxtiyorovFoto: Milliy olimpiya qömitasi Şohruxxon Baxtiyorov
27-sentabr kuni Özbekiston delegatsiyasi vakillari 2026-yilgi Osiyo öyinlarida 13 ta sport turida iştirok etdi. Kun davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza qölga kiritildi.
Kuraş
Bugungi bahslarda Özbekiston kuraş jamoasining 4 vakili gilamga çiqdi.
57 kilogrammgaça vazn toifasida Ibodatxon Agojonova dastlabki bosqiçda qozoğistonlik Rauza Nurmaxamedovani mağlub etdi (3:0), çorak finalda yaponiyalik Demura Karendan ustun keldi (5:0), yarimfinalda esa Yaponiyaning yana bir vakili Kuroki Natsumi bilan bellaşdi va uni ham taslim etdi (10:0). Finalda Xitoy Taypeyi vakili Li Vang-Tingni ham yengdi va oltin medalni öziniki qildi.
Xuddi şu vazn toifasida bahslarda qatnaşgan Fotima Qodirova esa saralaş bosqiçida vetnamlik Pam Nguyen Hong Moni mağlubiyatga uçratdi (5:0), nimçorak finalda qozoğistonlik Zarina Saripovani mağlub etdi (3:0), ammo çorakfinalda keyinroq Agojonovaga yarimfinalda yutqazgan yaponiyalik Kuroki Natsumi tösiğidan ötolmadi (0:5).
+90 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan kuraşçi Bekmurod Oltiboyev iştirokini çorakfinaldan boşladi va möğulistonlik Durenbayar Ulzibayarning kuragini yerga tekkizdi (1:0), ammo yarimfinalda özbekistonlik boşqa bir kuraşçi Şohruxxon Baxtiyorovga yutqazdi (0:3) va bronza bilan kifoyalanadigan böldi.
Öz navbatida, uni yengib finalga çiqqan Şohruxxon Baxtiyorov hal qiluvçi bahsda tojikistonlik Şakarmamad Mirmamadov ustidan ğalabaga erişib (5:0), Osiyo öyinlari çempioni unvonini qölga kiritdi.
Boks
Özbekiston boks jamoasi bugungi dasturda ham yöqotişlarga uçradi.
Ayollar örtasida -54 kg vazn toifasida ringga çiqqan Nigina Öktamova tailandlik Natniça Çongprongklang bilan jang qildi. Özbekiston vakili barça raundlarda faol harakat qildi va köproq zarbalar berdi, ringdagi referi tailandlik sportçidan sustkaşligi uçun oçko olib taşladi, ammo yakunda referilar kutilmagan natijani eʼlon qilişdi (2:3). Nigina turnirdagi iştirokini ikki kun oldin tojikistonlik Bibinaşastamo Xolova ustidan ğalaba qozoniş bilan boşlagandi (5:0), ammo endi turnirni medalsiz tark etadigan böldi.
Mavzuga oid
-65 kg vazn toifasida jang qilgan Navbahor Hamidova ham iştirokini çorak finalda yakunladi. Uşbu sportçi uç kun oldin Janubiy Koreya vakili Sujin Seon ustidan ğalabaga erişgandi (5:0), ammo bugun hindistonlik Parvinga yutqazib qöydi (0:5).
Bu boks jamoasidagi ikkinçi va uçinçi yöqotişlar böldi. Bir kun oldin erkaklar örtasida -55 kg vazn toifasida Samandar Olimov dastlabki bosqiçda tailandlik Kangpi Boxuntodga qarşi jang qilgan, uç raund davomida ham ustunlik qilganiga qaramay, yakunda hakamlar ğalabani raqibga berib yuborişgandi (2:3).
Bugun erkaklar örtasida -80 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev ham Osiyo öyinlaridagi yurişini boşladi. U birinçi jangini çorakfinalda Şri-Lanka vakili Yazmin Mohammedga qarşi ötkazdi. Raqibidan har jabhada ustun bölgan Erkinboyev jang taqdirini 1-raunddayoq hal qildi (referi jangni muddatidan oldin töxtatdi) va keyingi bosqiçga yöl oldi.
-60 kg vazn toifasida esa Abdumalik Halokov çorakfinal doirasida filippinlik Junmilardo Ogayre tösiğidan ötdi (5:0) va yarim finalga yöl oldi.
Bugun +90 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Jahongir Zokirov ham Osiyo öyinlarining çorak final bahsida ringga kötarildi. Unga bu bosqiçda tojikistonlik Muhammad Abroriddinov raqiblik qildi. Butun jang mobaynida ustunlikka erişgan Zokirov 5:0 hisobida zafar quçdi va yarim finalga yöl oldi.
Qiliçbozlik
Jamoaviy sablya böyiça bahslarda Özbekiston ayol qiliçbozlar jamoasi Osiyo öyinlari bronza medaliga ega çiqdi. Zaynab Dayibekova, Fernanda Errera, Gulistan Perdebayeva va Samira Şokirovadan iborat jamoa çorak finalda Hindiston ustidan ğalaba qozongandi (45:35), ammo yarim finalda Yaponiyaga 33:45 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Özbekiston erkaklar jamoasi esa şpaga böyiça bahslarning saralaş bosqiçidayoq Janubiy Koreyaga yutqazdi (33:45).
Sinxron suziş
Anastasiya Baxtireva va Violetta Yevenko sinxron suzişda 270.5893 ball törtinçi natijani qayd etdi va medalsiz qolişdi (uçinçi örindagi Qozoğiston jamoasi 286.0826 natija qayd etgan). Anastasiya Baxtireva 2025-yilgi jahon çempionatida kumuş medal olgan, uç karra Yevropa çempioni hisoblanardi. U öz şerigi Violetta Yevenko (u ham Yevropa çempioni bölgan) bilan Osiyo öyinlari arafasida sport fuqaroligini özgartirgan va Özbekiston jamoasiga qöşilgandi.
Yengil atletika
Joriy Osiyo öyinlarida uç hatlab sakraşda çempion bölişga ulgurgan Şarifa Davronova uzunlikka sakraş böyiça musobaqada 6-örin bilan çeklandi.
Köpkuraş böyiça bahslar finaliga çiqqan Şokirov Zahriddin 4-, Nodir Norboyev esa 9-örinni band etdi.
Nayza uloqtirişda qatnaşgan Nargizaxon Qöçqorova ham saralaşdan ötdi, ammo finalda törtinçi örin bilan kifoyalandi.
Nodir Anvarov uzunlikka sakraşda öz guruhida eng yuqori natijani qayd etib, finalga yöl oldi. Medallar uçun bahslar 28-sentabr kuni bölib ötadi.
Öq otiş
Nigina Saidqulova 25 metrdan töpponçadan öq otiş böyiça bahslarda 290-7x natija bilan 45 sportçi orasida yettinçi böldi.
Havodagi nişonga öq uziş böyiça musobaqada Azamat Qayumov 7-, Oxunjon Abduqodirov 24-, Timur Yenaliyev esa 34-natijani qayd etdi.
Çim ustida hokkey
Çim ustida hokkey böyiça Özbekiston ayollar jamoasi guruh bosqiçida Indoneziyaga qarşi öyinda (2:1) turnirdagi ilk ğalabasiga erişdi. Bungaça jamoa Hindiston (0:19), Tailand (1:3), Yaponiya (1:7) va Singapur (1:3) bilan öyinlarda yutqazgandi.
Handbol
Handbol böyiça Özbekiston ayollar jamoasi Osiyo öyinlarida navbatdagi öyinni Hongkongga qarşi ötkazdi va 28:27 hisobida ğalaba qozondi. Bu jamoaning turnirdagi ikkinçi ğalabasi böldi – dastlabkisi 25-sentabr kuni Vetnamga qarşi öyinda qölga kiritilgandi (29:21). Yana tört öyinda – Yaponiya (12:43), Xitoy (14:37), Janubiy Koreya (13:43) va Qozoğiston (20:35) bilan öyinlarda mağlubiyatga uçralgan.
Volleybol
Özbekiston erkaklar voleybol jamoasi turnirdagi iştirokini Yaponiyaga 0:3 hisobida mağlub böliş bilan boşladi. Jamoa guruhdagi keyingi öyinlarni Pokiston va Qozoğistonga qarşi ötkazadi.
Tennis
Aralaş juftlik bahslarida Sergey Fomin va Humoyun Sultonov juftligi Tayvan vakillari Huang Sung-hu va Vu Tung-lin juftligi ustidan ğalaba qozondi: 4:6, 6:3, 10:3.
Yakkalik bahslarida Sevil Yöldoşeva eronlik Mandegar Farzamiga (5:7, 3:6) yutqazgan, Darya Şubina Hongkong vakili Şek Çek Ying bilan bahsni oxirigaça davom ettira olmagan.
Kamondan öq otiş
Amirxon Sodiqov va Nilufar Hamroyeva aralaş juftlik bahslarida Möğuliston vakillariga 0:2 hisobida (2:6, 0:2; 0:2, 0:2) mağlub bölişgan.
Amirxon Sodiqov, Bekzod Boborajabov va Ötkirjon Hoşimov triosi ham jamoaviy bahslarda Indoneziyaga 0:2 hisobida (2:6, 0:2; 0:2, 0:2) yutqazişgan.
Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva va Malika Anvarjonova Vetnamga 0:2 hisobida (0:6, 0:2; 0:2, 0:2) mağlub bölgan.
Suvga sakraş (10 m sinxron platforma) böyiça musobaqada qatnaşgan Abduvahob Vahobov va Amal Mavlonov juftligi 236.16 ball bilan olti juftlik orasida oltinçi bölişdi.
Hozirda Özbekiston delegatsiyasi 10 ta oltin, 17 ta kumuş va 11 ta bronza bilan törtinçi örinni mustahkamlagan.