Boks böyiça Özbekiston erkaklar jamoasi bugun Osiyo öyinlarining 13-kunida uçta vazn toifasida final janglarida iştirok etdi.
Dastlab 90 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Törabek Habibullayev xitoylik Huyejang Hanniga qarşi ringga kötarildi. Özbekistonlik boksçi jangda töliq ustunlik qildi va hakamlar bir ovozdan uning ğalabasini qayd etişdi (5:0).
Bungaça Osiyo va jahon çempioni unvonlariga ega bölgan 22 yoşli boksçi ilk bor Osiyo öyinlari ğolibligini ham qölga kiritdi (Hangçjoudagi Osiyo öyinlarida u bronza bilan ortga qaytgandi).
Şundan keyin, 60 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Abdumalik Halokov janubiy koreyalik Donghvang Jangga qarşi final jangini ötkazdi. Bu bahsda ham oldindan favorit bölgan özbekistonlik boksçi yakunda yaqqol ğalabaga erişdi (5:0).

Olimpiada öyinlarining amaldagi ğolibi, ikki karra jahon çempioni va Osiyo çempioni hisoblangan Halokov uçun bu Osiyo öyinlaridagi ikkinçi ğoliblik böldi. U bundan oldingi turnirda ham öz vazn toifasida tengsiz bölgandi.
Uçinçi finalda esa +90 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov Qozoğiston vakili Aybek Öralbayga mağlub böldi (0:5) va kumuş bilan kifoyalanadigan böldi.

Bungaça Firuza Kazakova (-51 kg), Sitora Turdibekova (-60 kg), Fazliddin Erkinboyev (-70 kg) va Şavkatjon Boltayev (-80 kg) yarimfinalda yutqazib, bronza medallar bilan ortga qaytadigan bölgandi.

















