Komila Abdullayevaning Kun.uz bilan suhbatda aytişiça, ustozi birinçi prezident davrida Toşkent viloyatida bir manyak tomonidan zörlangan va öldirilgan 28 nafar qizaloqlar bilan boğliq vahşiylik haqida gapirib bergan.

«Bu toifadagi jinoyatlar afsuski tarixdan har doim bölgan. Rahmatli ustozimning qandli diabetlari bor edi. Kuzatişimça organda işlaganlarning köpi yo infarkt, yoki instult, yo qandli diabet orttirgan. 60-65 yoş orasida vafot etişlaram köp uçraydi. Ustozimdan bu kasalga çaliniş sababini söraganimda «bitta manyak tufayli orttirganman» dedilar. Öşa manyak 28 ta qizçaning umriga zomin bölgan. Biz hammamiz şokda qoldik.

Ustozimiz aytayotgan gap real fakt, öşa paytda Toşkent viloyati prokurori edim dedilar. Birinçi kuni 8 ta yoki 9 ta qizçani zörlaydi, qurbonni öldiradi. Ular manyakning izini yöqotişadi. Ikkinçi kuni qurbonlar 20 taga yaqinlaşib qoladi. Qonunga köra, agar öta oğir yoki şunaqa favqulodda holat bölsa Boş prokuror zudlik bilan prezidentga yoki senatga hisobdor, darhol xabar berişi kerak. Öşa paytda prezident Islom Karimovga yetib borgan bu gap. Şaxsan özi telefon qilib «Senga bir kun muhlat, topsang top, bölmasa özingni öldirgin» degan. Şundan keyin katta armiya jalb qilinadi öşa izni yöqotmaslik uçun. Öşa kuni manyak töqqizinçi qizni zörladi-yu, lekin öldirişga ulgurmagan bölgan paytda uşlangan. Uşlandi degan xabar kelganda yiqilgan ustozim. Közlarini oçganda şifoxonada bölgan. Şunda «saxar»ingiz oşib ketibdi deyişgan va özlariga kelişlari qiyin bölgan.

Mening hayotimda eşitgan eng öta vahşiy jinoyatlardan bittasi şu. Hali bundan oğir keysni eşitmaganman. Haqiqatdan ham oğir keys va endi özimça hozirgi fikrim bilan öylayman, agar birinçi kuni şu narsa ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinganda, balki boşqa qizlar tirik qolarmidi deb» deydi Abdullayeva.