Italiyalik qöşiqçi Toto Kutunio 80 yoşida vafot etdi.

Ansa agentligi xabariga köra, musiqaçi Milandagi San-Raffaele şifoxonasida olamdan ötgan.

Artistning menejyeri Danilo Mankuzo Kutunio uzoq vaqtdan buyon xasta bölgani va sönggi oylarda ahvoli oğirlaşganini ma’lum qilgan.

kpa / United Archives / Getty Images

Salvatore «Toto» Kutunio 1943 yil 7 iyulda  Toskanadagi Fozdinovo şahrida tuğilgan.

U öz faoliyatini kompozitor sifatida boşlagan. 1970-yillarda qöşiği taniqli fransuz qöşiqçisi Jo Dassen tomonidan ijro etilişi unga muvaffaqiyat keltiradi. U Adriano Çelentano, Mirey Mate, Dalida kabi maşhurlar hamda Ricchi e Poveri guruhi bilan ham hamkorlik qilib, ular uçun musiqa bastalagan.

1970-yillar oxirida Kutunio özining yakkaxon pop-karerasini boşlagan. 1980 yilda u San-Remodagi musiqa tanlovida «Solo noi» qöşiği bilan iştirok etib, ğolib böladi. Uç yil ötib u «Lʼitaliano» kompozitsiyasi bilan konkursda qatnaşadi va bu qöşiq unga olamjahon maşhurlik keltiradi. 1990 yilda Kutunio «Insieme: 1992» kompozitsiyasi bilan «Yevrovideniye» konkursida ğolib çiqqan.