Samarqand viloyati Iştixon tumani soliq inspeksiyasi boşliği Oybek Usmonov xodimlarini qöpol, jinsiy mazmundagi sözlar bilan haqoratladi va Kun.uz suriştiruvi ortidan unga hayfsan jazosi berilgani maʼlum böldi.
Kun.uz’ga kelib tuşgan audioda Oybek Usmonov xodimlariga murojaat qilib, uni işni bajarmayotganlikda ayblaydi. U davlat işini talab qilayotganini aytib, xodimni şaxsiy qadr-qimmatini qöpol kamsituvçi iboralar bilan haqorat qiladi. Suhbat davomida tahdidomuz gaplar ham yangraydi.
Yozuvning boşqa qismida Usmonov bir xodimdan qança tuşum qilinganini söraydi. «Ön bir million» degan javobdan keyin uni haqorat qiladi. Şuningdek, xodimlardan biriga nisbatan «buniyam uç kunlik muddat bilan arizasini olasan», degan gapni aytadi. Boşqa bir xodimni esa «tufli artadigan lattagayam arzimaysan», deya kamsitadi. Boşliqning sözlariga köra, u qöl ostidagi xodimlarni deb «boşqarmadan gap eşityapti».
Samarqand viloyati soliq boşqarmasining maʼlum qilişiça, holat boşqarma hamda komplayens bölimi tomonidan örganilgan. Tekşiruv yakunlari böyiça Oybek Usmonovga hayfsan intizomiy jazosi berilgan. Şuningdek, uni boşqa hududga rotatsiya qiliş böyiça Soliq qömitasiga taklif kiritilgan.











