Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hadis va Hayot» kitoblarining to‘liq to‘plami sotuvga chiqarildi
Foto: Azon.uz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muallifligi ostida yozilgan «Hadis va Hayot» silsilasi mashhur alloma, Qohiradagi «al-Azhar» dorilfununi mudarrislaridan biri shayx Mansura Ali Nosif hazratlarining «At-toj al-jome' lil-usul fii ahadiysur Rasul» («Rasul sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan asllarni jam qiluvchi toj») deb nomlangan ulkan asarlariga yozilgan komil va shomil sharhlardan iborat to‘plamdir. Mazkur to‘plamning to‘liq hajmi qayta nashr qilinib, sotuvga chiqarildi.
Aytish mumkinki, «Hadis va Hayot» silsilasining dastlabki juzlari chop etilishi bilan kitobsevarlarning sevimli asariga aylanib, ko‘plab muxlislarning javonlaridan, mo‘min-musulmonlarning qalbidan chuqur va munosib o‘rin oldi.
Ma'lumot o‘rnida: Ushbu to‘plamni «Hilol» nashriyot-matbaasining do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
17:26 / 05.06.2024
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Peshqadam karvoni” loyihasi sarhisobi bo‘lib o‘tdi
15:00 / 30.08.2023
Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf taqdirlangan oliy orden uning o‘g‘liga topshirildi
19:57 / 27.06.2023
Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi
16:46 / 24.05.2022