15-oktabr kuni Pokiston şimoli-ğarbidagi Peşovar şahrida xususiy maktab tomi qulab tuşişi oqibatida önlab öquvçilar halok böldi.

Reuters xabariga köra, hodisa oqibatida ikkinçi va uçinçi sinf öquvçilari bölgan 34 nafar bola vayronalar ostida qolib ketgan, şuningdek, qurbonlar orasida bir öqituvçi ham bor.

Yana 50 kişi turli darajada tan jarohati olgan, ulardan bir neçasining ahvoli oğir.

Şifoxonada maʼlum qilişlariça, halok bölgan va jarohatlangan bolalarning barçasi 6 yoşdan 12 yoşgaça bölişgan.

Qutqaruv xizmati vakiliga köra, maktabning uçinçi qavati tomi öpirilib, uçinçi va ikkinçi qavatlar oraliğidagi yopma ustiga tuşgan va ular birgalikda sinfxonalardagi öquvçilarning ustiga qulagan.

Qutqaruvçilar voqea joyiga beş daqiqa içida yetib kelişgan, bir neça soat ötib qidiruv-qutqaruv işlari yakunlangan.

Peşovar politsiyasi boşliği Mian Said maktabda 110 nafar öquvçi bölganini bildirdi. Uning aytişiça, maktab konstruksiyasi mustahkam bölmagan binoda faoliyat yuritib kelgan. Maktab egasi hibsga olingan, u sodir bölgan voqeada tomga tuşayotgan yukni oşirgan yomğirni ayblamoqda.

Associated Press naşri Pokistonda binolarning bunday qulaşi tez-tez uçraşiga, çunki qurilişda köpinça sifatsiz materiallardan foydalanilişiga eʼtibor qaratgan. Biroq bugungi fojia mamlakat tarixidagi eng yirik fojia böldi.

Mahalliy rasmiylar voqea sabablarini tekşiriş bilan şuğullanadigan komissiya tuzilganini eʼlon qildi.