Boş prokuratura Özbekiston Milliy universitetida yöqolgan bölişi taxmin qilinayotgan önlab nodir qölyozmalar bilan boğliq holat yuzasidan örganiş işlarini yakunladi. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, tekşiriş davomida ÖzMU Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII-XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd sömlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega 56 dona qölyozma va 6 dona toşbosma asarlar talon-toroj qilingani va boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlari aniqlangan.

«2022 yil 19 fevral kuni universitet mansabdor va moddiy javobgar şaxslari, xususan Axborot resurs markazi direktori (I.K.) va boşqalarga nisbatan JKning 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi, 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) 1-qismi va 227-moddasi (Hujjatlarni nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Iş hujjatlari tergov harakatlari olib boriş uçun Toşkent şahar prokuraturasiga yuborildi», deyiladi Boş prokuratura taqdim etgan ma’lumotda.

Kun.uz saytida 2021 yil 23 dekabr kuni 2019 yildagi ta’mirlaş işlaridan söng Özbekiston Milliy universitetining nodir qölyozmalar saqlanadigan muzeyi faoliyati tiklanmagani va u yerdagi qimmatbaho va öta nodir hisoblangan 100dan ortiq kitoblar sotib yuborilgan bölişi mumkinligi xabar berilgan edi.

2021 yil 24 dekabr kuni kutubxonadagi holatni Boş prokuratura örganişni boşladi.

Dastlab vaziyatga izoh berişdan qoçib yurgan ÖzMU rektorati işni prokuratura örganişni boşlagaç, suriştiruv ötkazib, muammoni kötarib çiqqan naşr – Kun.uz qolib, televideniye va boşqa internet naşrlar vakillari çaqirildi va ularga bir neça kitoblarni olib çiqib, bular öşa «yöqolgan yoki sotib yuborilgan» deb aytilayotgan nodir kitoblar ekanini aytib, ular yöqolmaganiga işontirmoqçi ham böldi.