18-oktabrga ötar keçasi Buyuk Britaniya poytaxti London şahrida taşkil etilgan professional boks oqşomida ikki karra Olimpiada çempioni, jahon çempioni Bahodir Jalolov britaniyalik Solomon Dakresga (10-1-0, 3 KO) qarşi navbatdagi jangini ötkazdi.
Özbekistonlik boksçi jangda töliq ustunlik qildi va 5-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tuşirdi.
The Big Uzbek Bakhodir Jalolov had Solomon Dacres HURT 😳🇺🇿 🎟️ Buy #DuboisWardley2 NOW at https://t.co/yxybEeo0Px | LIVE NOW Exclusively on DAZN ▪️ https://t.co/65Xv1syrFq
- DAZN Boxing (@DAZNBoxing) October 17, 2026
Qolgan raundlarda ham taşabbusga egalik qilişda davom etdi, töliq 10 raund davom etgan jang yakunida hakamlar Jalolovning ğalabasini eʼtirof etişdi (99-91, 99-90).
Şu tariqa, Big Uzbek’ning ğalabali seriyasi davom etmoqda: 18 jangda 18 ğalaba, şundan 15 tasi nokaut bilan qölga kiritilgan.
Jalolov sönggi jangini 9-may kuni Mançesterda ötkazgandi. Öşanda u xorvatiyalik Agron Smakiçini nokautga uçratgan.












