
Har bir ota-ona öz farzandining baxtli va mustaqil kelajagi haqida orzu qiladi. Bunga erişiş usullaridan biri – öz işini taşkil etiş. Biroq buning uçun ham qator omillar zarur: moliyaviy savodxonlik, maqsad sari intiliş, oilaning kömagi. Omadni qarangki, endilikda har bir ota-onada öz farzandida tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş uçun öziga xos yöl xaritasini tuziş imkoniyati mavjud.
Rb.ru naşriyotlarga murojaat qilib, bolada tadbirkorlik könikmalarini topiş va rivojlantirişda yordam beradigan kitoblarni tavsiya etişlarini söragan. Önta foydali kitobdan iborat röyxat esa quyidagiça:

«Qanday qilib 21 kunda film yoziş mumkin? Içki film usuli»
Viki King kitobi – mualliflik konsepsiyasi va ssenariy yoziş mohirligini qadam-baqadam örgatiş. Gap şundaki, heç kim 21 kunda film yoza olmaydi. Biroq yurak va miya hamkorligi yölga qöyilsa, imkonsiz narsani amalga oşiriş mumkin. Birinçi navbatda, bu kitob filmga ssenariy yozişni örgatsa, ikkinçidan esa maşaqqatlardan qörqmaslik va orzuga erişiş yölida bahonalar topmaslikni örgatadi.

«Bolani fikrlaşga örgating»
Edvard de Bono bolani fikrlaşga örgatiş zarur, deb hisoblaydi. Töğri, ayrim ota-onlar konstruktiv fikrlaş va zakovatni adaştiradilar. Biroq muallif uşbu tuşunçalar örtasidagi farqlarni körsatadi hamda bolalarning aqliy faolligini rivojlantiriş uçun köplab öyin va maşqlarni taklif etadi.

«Ösmirlar uçun boy ota, kambağal ota»
Robert Kiyosaki – ğaroyib tajribaga ega inson. Uning asarlari mana bir neça yildirki, özining dolzarbligini yöqotmayapti. Bu kitob ösmirlarga moliyaviy savodxonlik asoslarini beradi, dunyoda öz örnini topiş va haqiqatan ham badavlat bölişda kömak körsatadi.

















