Özbekiston Osiyo öyinlarining 10-kunida 12 sport turida iştirok etdi va yana uçta medal qölga kiritdi.

Oğir atletika

Tokio Olimpiadasi çempioni, uç karra jahon çempioni Akbar Jörayev (-110 kg) Osiyo öyinlarida ham Özbekistonga oltin medal olib keldi.

U dast kötarişda öziga tegişli bölib turgan rekordni yangiladi (197 kg), şuningdek, siltab kötarişda (226 kg) va umumiy natijasi (423 kg) bilan Osiyo öyinlari rekordlarini örnatdi.

Yengil atletika

photo_2026-09-29_19-30-46
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Barnoxon Sayfullayeva

Yengil atletika böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi Barnoxon Sayfullayeva ham delegatsiyaga navbatdagi oltin medalni keltirdi. U balandlikka sakraş dasturida 1.90 metr natija qayd etib, musobaqa çempionligini qölga kiritdi.

Eʼtiborli jihati, Özbekiston Osiyo öyinlarida uşbu dasturda uzluksiz ravişda çempion bölib kelmoqda. Avvaliga Svetlana Radzivil qatorasiga uç marta (2010, 2014, 2018) Osiyo öyinlarida ğolib çiqqandi, undan estafetani Safina Saʼdullayeva (2023) qabul qilib olgandi, endi esa bu anʼanani Barnoxon Sayfullayeva davom ettirmoqda.

Balandlikka sakraş böyiça musobaqada qatnaşgan yana bir özbekistonlik sportçi Valeriya Gorbatova 1.80 metr natija qayd etib, oltinçi örinni band etdi.

800 metr masofaga yuguriş böyiça musobaqada iştirok etgan Sabohat Samijonova bir kun oldin saralaşdan ötgandi (2:02.64), ammo bugun finalda sakkiz sportçi marraga eng oxirgi bölib yetib keldi (2:07.23).

Boks

Bugun Özbekiston erkaklar jamoasining uç nafar vakili yarimfinal janglarini ötkazdi va şundan ikki nafari finalga yöl oldi.

Dastlab -60 kg vazn toifasidagi Abdumalik Halokov yaponiyalik Şunsuke Kitamotoga qarşi ringga kötarildi. Mezbonlar vakili imkon qadar qarşilik körsatdi, ammo amaldagi Olimpiada öyinlari ğolibi, amaldagi Osiyo öyinlari ğolibi va ikki karra jahon çempioni hisoblangan özbekistonlik sportçi undan-da aniqroq harakat qilib, jangni öz foydasiga hal qildi (4:1).