Joriy yilning 15 yanvar kuni taniqli şoira Gulçehra Nurullayeva 83 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Gulçehra Nurullayeva 1938 yilda Toşkent viloyatining Çoştepa qişloğida tuğilgan. 1956-1964 yillarda Toşkent universitetining jurnalistika bölimida tahsil olgan. 

U 1961-1967 yillarda «Özbekiston xotin-qizlari» jurnalida işlagan. 1967—1969 yillarda esa Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida öqigan.

Nurullayevaning birinçi şe'riy töplami 1965 yilda «Quyoş tabassumi» nomi bilan çop etiladi. Şoiraning turli yillarda «Orzularim qoqadi qanot», «Taşnaman», «Ikkinçi bahor», «Lirika», «Bağişlov», «Paxta hidi», «Nurli nuqtalar», «Muhabbatning suvrati» nomli kitoblari ham çop etilgan.

 «Men uning şe'rlarini hamma vaqt öqib, kuzatib boraman, – deb yozgan edi Saida Zunnunova. – Şoira hissiyotidagi nafislik, teranlik, ayol qalbiga xos mayinlik hamma vaqt meni xursand qiladi. Gulçehra şe'rlari ustida qunt bilan işlaydi. Bu uning satrlarining pişiqligidan, yangi, çiroyli obrazlar topa bilişidan körinib turadi».

Şoira özining tanqidiy fikrlari uçun 1990-yillarda ma'lum muddat ta'qibga uçragan, Yozuvçilar uyuşmasi a'zoligidan çetlatilgan. 2018 yilning noyabr oyida esa u Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zoligiga qayta qabul qilingan. 

2019 yilning 9 may kuni Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi tomonidan I darajali «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni (oltin medali) bilan taqdirlangan.

Gulçehra Nurullayeva 16 yanvar kuni Toşkentdagi Dömbirobod qabristoniga dafn etilgan.

Kun.uz şoiraning yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.