Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi 2022 yilning iyun oyida öqituvçilarga vazirlik pulli xizmat körsatmasligi hamda “Mahoratli pedagog” jurnali bilan hamkorlik qilmasligi haqida ogohlantiriş bilan çiqqandi.

“Sönggi kunlarda ayrim telegram kanallar, jumladan “Mahoratli pedagog” kanali va jurnali Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritişi borasida haqiqatga zid bölgan ma’lumotlarni bergan holda, öz jurnalida pulli asosda maqolalar çiqariş hamda pulli seminarlarga qatnaşiş xizmatlarini tarğib qilmoqda.

Buning evaziga esa sertifikat egalariga navbatdagi attestatsiyadan ötiş, toifa va ustama olişda yordam bölişi iddao qilinmoqda.

Şu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi “Mahoratli pedagog” telegram kanali va jurnali bilan heç qanday aloqasi yöq ekanini, uşbu kanal orqali beriladigan sertifikat esa heç qanday imtiyozlarga ega emasligini va Xalq ta’limi vazirligi pedagoglarga bu kabi pulli xizmatlar körsatmasligini ma’lum qiladi”, — deyilgandi vazirlik ogohlantirişida öşanda.

Biroq mazkur ogohlantirişga qaramasdan, öqituvçilar örtasida pul tölaş evaziga nodavlat ta’lim markazlari tomonidan “xalqaro forum”, “xalqaro öquv seminari” niqobi ostida uyuştirayotgan tadbirlarda onlayn iştirok etiş, sertifikat va esdalik nişoni sotib oliş, jurnallarda maqolalar çop etiş holatlari kamaygani yöq. Aksinça, nodavlat ta’lim markazlarining bu boradagi “biznesi” gullab-yaşnamoqda.

Nega pedagoglar peşona teri bilan işlab topgan pulini bu kabi markazlarga qöşqöllab topşiryapti? Bundan ularning manfaatdorligi nimada?

Mustaqil tadqiqotçi, pedagog Iqboljon Kamolov bunday markazlar faoliyati haqida şunday yozmoqda:

“Jamiyat “yirtqiç” jurnallarga qarşi kuraşişi va tadqiqotçilar özlari buni boşlab berişlari lozim. Qonun şunga xizmat qilişi kerak.

AQŞ Federal savdo komissiyasi Hindistondagi şunday “yirtqiç” naşriyotlardan birini sudga berib, 50 million AQŞ dollari jarima tölaşga majbur qilgan. Umuman olganda esa, “yirtqiç” jurnallar va ularning örtakaşlari bir yilda 393 mln AQŞ dollari miqdorida daromad qiladi. Ularning iqtisodiyot va ilm-fanga keltirayotgan zarari esa bundan ança köp ekani şubhasizdir.