«Arsenal» qutulib qoldi

«Bavariya» – «Arsenal» 2:2
Gollar: Eze, 25 (0:1). Deyvis, 35 (1:1). Keyn, 61 – penalti (2:1). Rays, 82 (2:2)
«Bavariya»: Noyer, Upamekano, Kim Min Je (Ta, 46), Stanişiç, Laymer, Bişof, Pavloviç, Saybari (Karl, 68), Deyvis (Braun, 85), Gnabri (Dias, 68, Sapoko Ndiay, 90), Keyn
«Arsenal»: Rayya, Gabriel Magalyayş, Konsa, Kalafiori, Timber, Gimarayş (Lyuis-Skelli, 69), Rays, Edegor (Merino, 85), Madueke, Saka (Eze, 10), Havers (Yokereş, 68)

Vensan Kompani kutilmaganda ehtiyotkor öyin uslubi tanladi Luis Diasni zaxirada qoldirib, köproq himoyaga yordam beradigan Stanişiçni tuşirdi. «Bavariya» oldingi çiziqda kuçli pressing bilan öynaşdan voz keçdi va qarşi hujumlarga tayandi.

Londonliklar öyin startidayoq hujumdagi asosiy ijroçilaridan biri Bukayo Sakani yöqotdi. Öng qanot vingeri yöq joyda jarohat oldi – öyindan keyin çiqqan xabarlarga köra futbolçi dekabrgaça safga qayta olmasligi mumkin.

Arteta Sakaning örniga Ebereçi Ezeni maydonga taşladi va aynan u 25-daqiqada «Arsenal»ni hisobda oldinga olib çiqdi. Martin Edegor maydonning ikkinçi qismida turib töpni himoyaçilar ortiga yetkazib berdi, Eze ofsayd çiziğida harakat qilib bu pasga yetib bordi va osonlik bilan Manuel Noyerni doğda qoldirdi.

10 daqiqa ötib «Bavariya» javob qaytardi. Butun öyin davomida orqaroqqa tuşib öynagan Harri Keyn xuddi Edegorniki kabi ideal pas berdi. Himoya çiziğini kesib ötgan töpga Alfonso Devis yetib bordi va David Rayyaga heç qanday imkon qoldirmadi.

Ikkinçi bölimda mezbonlar hujumkor futbol namoyiş etişga ötişdi va raqibni jarima maydoniga qamay boşladi. Bu öz samarasini berdi: Keynning zarbasidan keyin töp yölini bloklaşga uringan Yurrien Timberning qöli havoda qolib ketgani penaltiga sabab böldi. Harri 11 metrdan aniq zarba berdi – 2:1.

Myunxenliklar şundan keyin ham hujumda öynaşda davom etişdi, ammo ikkinçi bölimning ikkinçi yarmida çarçab qolişdi. Şundan keyin «Arsenal» öyin nazoratini qöliga oldi, Artetaning almaştirişlari bu safar ham özini oqladi va hisob tenglaşdi. Mehmonlar bir neça daqiqa davomida raqibning közini oçirmadi va bu şturm Rays hisobni tenglaştirişi bilan yakunlandi – 2:1.