15-oktabrga ötar keçasi – Çempionlar ligasi tarixidagi eng sermahsul oqşom böldi. 9 öyinda jamoalar jami 46 gol urişdi: bir öyinga örtaça 5 ta gol.

Vinisiusda yana yomon öyin

«Roma» – «Real» 3:4
Gollar: de Ron, 20 (1:0). Mbappe, 25 (1:1). Malen, 51 (2:1). Malen, 57 (3:1). Espi, 82 (3:2). Endrik, 85 (3:3). Ryudiger, 90 (3:4)
«Roma»: Gollini, NʼDika, Ermoso (Kuliyerakis, 81), Mançini (Balerdi, 64), de Ron, Kone (Pizilli, 17), Uesli Vinisius, Molina, Soule (Pellegrini, 64), Malen, Dibala (Mora, 46)
«Real»: Kurtua, Konate, Ryudiger, Kukurelya (Karreras, 78), Dyumfris (Arda Guler, 59), Valverde, Tçuameni (Bernardu Silva, 70), Bellinghem, Vinisius Junior (Endrik, 59), Diomande (Espi, 79), Mbappe
Ogohlantirişlar: Mançini, 60. Uesli Vinisius, 69. Pellegrini, 89 – Karreras, 90

Joze Mourinio tom maʼnoda nostalgiya turnesini ötkazmoqda. U birinçi turda sobiq jamoasi «Inter»ga qarşi öynagandi. Endi esa yana bir qadrdon jamoasi «Roma» maydonida mehmon böldi. Mezbon jamoa muxlislari esa uni bannerlar bilan qarşi olişdi.

Bu Mbappe uçun ham öziga xos öyin edi, u şu kuni Messining rekordini yangilab, asosiy yevrokubokda 100 ta öyin ötkazgan eng yoş futbolçiga (27 yoşu 298 kunlik) aylandi. Şuningdek, Vinisius ham diqqat markazida edi. Şu kuni la liga rahbariyati braziliyalik futbolçini «Vilyarreal»ga qarşi öyindagi harakati uçun tört öyinga diskvalifikatsiya qilgani eʼlon qilindi va u endi maʼlum vaqt faqat yevrokubok öyinlarida maydonga tuşişi mumkin edi.

Yetti yillik tanaffusdan keyin YeÇLga qaytgan rimliklar esa öyinni kötarinki ruhda boşlaşdi va Kurtuga ketma-ket iş topib bera boşlaşdi. Belgiyalik posbon avvaliga Ermosoning burçakka yönaltirgan zarbasini qaytardi, ammo mezbonlarning navbatdagi hujumida De Ronning zarbasidan keyin yuzaga kelgan rikoşet darvozabonni ilojsiz ahvolda qoldirdi. Beş daqiqa ötib esa mezbonlar darvozaboni ham şunday holatga tuşdi va Mbappe hisobni tenglaştirdi.

Ikkinçi bölimda esa Vinisius antiqahramonga aylandi. U maydon markazida tovoni bilan pas berişga urinib, töpni oldirdi, tezkor boşlangan qarşi hujum esa Malen darvozani işğol etişi bilan yakunlandi. Biroz ötib niderlandiyalik hujumçi yana bir qarşi hujumda dublni rasmiylaştirdi.