Osiyo öyinlarining töqqizinçi kunida Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari 11 ta sport turida musobaqalarda qatnaşdi.

Kun davomida 2 ta oltin va ikkita bronza medal qölga kiritildi – şundan uçtasi kuraşdan.

Kuraş

Bugungi bahslarda Özbekiston kuraş jamoasining 3 nafar vakili gilamga çiqdi va barçasi sovrindor böldi.

Kuraş böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi Şohista Nazarova Osiyo öyinlarining bronza medalini qölga kiritdi. -78 kg vazn toifasida qatnaşgan sportçi öz iştirokini çorakfinalda turkmanistonlik Nurana Hezretovani mağlub etişdan boşlagandi (3:0). Ammo yarim final bahsida u özbekistonlik boşqa bir kuraşçi Pokizaxon Kamoliddinovaga qarşi gilamga çiqişiga töğri keldi va mağlubiyatga uçradi (0:5).

photo_2026-09-28_20-23-39
Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Şohista Nazarova

Öz navbatida, Pokizaxon Kamoliddinova finalda Janubiy Koreya vakili Sumin Modan ustun keldi (10:0) va Osiyo öyinlari oltin medaliga ega çiqdi. U final sari yölida Nazarovadan taşqari qirğizistonlik Azhar Isayeva (10:0) va turkmanistonlik Sabina Qodirova (10:0) kabi raqiblarni ham taslim etgandi.

Şuningdek, erkaklar örtasida -81 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Ahror Ziyodullayev ham ğoliblik naşidasini surdi. U çorak finalda afğonistonlik Zabihulloh Ehsoniy (10:0), yarimfinalda qozoğistonlik Adilet Axmetgali (10:0) ustidan ğalaba qozondi, oltin uçun keçgan bahsda esa eronlik Ramin Ahmadzodadan ustun keldi (3:0).

photo_2026-09-28_20-23-38 (2)

Özbekiston kuraş jamoasi Osiyo öyinlaridagi medallari sonini 6 taga yetkazdi: bir kun oldingi bahslarda ham ikkita oltin va bitta bronza qölga kiritilgandi.

Boks

Bugungi bahslarda Özbekiston boks jamoasining beş nafari ringga çiqdi va şundan tört nafari öz iştirokini davom ettirdi.