Hayot Ilyosoviç Inoğomov Toşkent şahri Çilonzor tumani hokimi etib tayinlandi.

Hayot Inoğomov 1986-yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2006-yilda Toşkent avtomobil yöllari institutini, 2008-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida transport va yöl infratuzilmasi hamda davlat boşqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan, jumladan, Toşkent şahri hokimi örinbosari – Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği bölib işlagan. 2020-yil noyabrida Yangihayot tumaniga hokim etib tayinlangandi.

  • Çilonzor tumaniga 2022-yil avgustidan buyon Saidqahhor Xolxöjayev rahbarlik qilayotgandi. U Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari lavozimini egallaşi kutilmoqda.

Lazizbek Pölatoviç Temirov Hayot Inoğomov örniga Yangihayot tumanining yangi hokimi böldi.

Lazizbek Temirov 1989-yil Farğona viloyati Farğona tumanida tuğilgan. 2012-yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2021-yilda esa mazkur universitet magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va davlat boşqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda işlagan. 2024-yildan Yaşnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Abdulaziz Ahatoviç Abdulhakov Yaşnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U 1980-yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2006-yilda Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan.