2019-2020 öquv yilidan boşlab Özbekistonning tegişli oliy ta'lim muassasalari (OTM) bilan birgalikda sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralari oçiladi. Prezidentning 22 fevraldagi 5667-sonli "Sotsiologik tadqiqotlar ötkazişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmonida şu haqida ma'lum qilingan.

Hujjatga muvofiq, 2019-2020 öquv yilidan boşlab respublika “Ijtimoiy fikr” markazining buyurtmanomalariga köra, Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalari talabalari tegişli ta'lim yönalişlari böyiça işlab çiqariş amaliyotidan ötişi uçun muntazam ravişda "Ijtimoiy fikr" markaziga yuboriladi.

Respublikadagi tegişli oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019-2020 öquv yilidan boşlab sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralarini oçiş çoralari köriladi.

Bundan avval Prezidentning Sotsiologik tadqiqotlarni ötkaziş davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi töğrisidagi farmoni haqida xabar berilib, unda "Ijtimoiy fikr" jamoatçilik fikrini örganiş markazi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi etib qayta nomlangani ma'lum qilingan edi.