Ukraina-Amerika kelişmovçiligi

Ukraina rasmiylarining maʼlum qilişiça, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi harbiy maqsadlarda foydalaniluvçi Starlink (Starshield) terminallariga ogohlantirişsiz yuqori tezlik çeklovini örnatgan. Bu holat Kiyevning hujumkor hamda mudofaa tizimidagi dronlari missiyalarini izdan çiqarmoqda.

Prezident Volodimir Zelenskiy uşbu qarorni köplab insoniy yöqotişlarga olib keluvçi "katta xato" deb atadi. Ilon Mask esa tizim tezligi va foydalaniş çeklovlari AQŞ harbiylari hamda bevosita prezident Donald Tramp tomonidan belgilanişini taʼkidladi.

"Prezident Tramp bizning emas, boşqa bir tomonni tanlaşi oğriqli holat", dedi Zelenskiy Pirs Morganga bergan intervyusida. U Trampning betaraf turişiga qarşi emasligini, biroq "agar örtada bölsa, örtada qolişi kerakligini” taʼkidladi.

Uşbu vaziyat Kiyev uçun Starlink obunalarini moliyalaştirib kelayotgan Polşaning ham keskin eʼtiroziga sabab bölmoqda.

Ayni paytda Rossiya Starlink'dagi uzilişlardan foydalanib, Kiyev, Xarkiv va Lutsk şaharlariga yirik raketa hamda dron hujumlarini uyuştirdi. Zarbalar oqibatida kamida 8 kişi halok böldi, 30 ta energetika obyekti şikastlandi. Şuningdek, 600 mingga yaqin aholi elektr taʼminotisiz qoldi. Zelenskiy bu hujumlarni Tramp eʼlon qilgan "energetika sulhi"ga nisbatan Rossiyaning "oşkora hurmatsizligi" deb baholadi.

Mazkur çeklovlar Kiyev va Vaşington örtasidagi munosabatlar yomonlaşgan bir vaqtga töğri kelmoqda. Tramp AQŞdagi saylovlar oldidan yoqilği narxlarini pasaytirişga urinib, Rossiya dizeliga sanksiyalarni bekor qildi. U Ukrainadan rus neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlarni töxtatişni talab qilmoqda. Şuningdek, ukrainaliklarni Zelenskiyni almaştirişga çaqirdi.

Vaşington bilan taranglik fonida Buyuk Britaniya Rossiyaning reaktiv dronlariga qarşi kuraşiş uçun Ukrainaga qariyb 60 million dollarlik "yer-havo" sinfidagi raketalar paketini ajratmoqda.

Hörmuz yaqinida ikki kema çökib ketdi

13–14-oktabr kunlari Hörmuz böğozi yaqinida yuz bergan alohida hodisalarda bitta konteyner taşuvçi va bitta quruq yuk taşuvçi kema çökib ketdi. Bu haqda xabar bergan Reuters’ga köra, ularga snaryadlar kelib urilgan.

Xususan, Singapur bayroği ostida suzuvçi, kiçik konteyner taşuvçi “GFS Pride” kemasi böğoz orqali suzib ötayotganda çökib ketgan. Ekipajning barça 21 nafar aʼzosi xavfsiz evakuatsiya qilingan, deyiladi Singapur Dengiz va port boşqarmasi bayonotida.