Toşkent şahrining Çilonzor, Yaşnobod va Yangihayot tumanlari hokimlari boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Çilonzor tumani

Saidqahhor Xolxöjayev Çilonzor tumani hokimi lavozimini tark etgan. U Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari lavozimini egallaşi kutilmoqda.

Foto:
Saidqahhor Xolxöjayev

Xolxöjayev muqaddam Markaziy bank raisi örinbosari va Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan. 2022-yil avgustida Çilonzor tumani hokimi etib tayinlangandi.

Yangihayot tumani

Yangihayot tumani hokimi Hayot Inoğomov ham lavozimidan ozod etilgan. U Xolxöjayev örniga Çilonzor tumanining yangi hokimiga aylangan.

Foto: Toşkent şahri hokimligi
Hayot Inoğomov

Hayot Inoğomov 1986-yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2006-yilda Toşkent avtomobil yöllari institutini, 2008-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida transport va yöl infratuzilmasi hamda davlat boşqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan, jumladan, Toşkent şahri hokimi örinbosari – Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği bölib işlagan, 2020-yil noyabridan buyon Yaşnobod tumaniga hokimlik qilayotgandi.

Inoğomov örniga Lazizbek Pölatoviç Temirov Yangihayot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.