Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu yangi taʼsis etilgan «Barça davrlarning Oltin töpi» (Ballon d’Or of All Time, B.O.A.T.) mukofotiga nomzodlar qatoridan joy oldi. Daʼvogarlar röyxati 20-oktabr kuni eʼlon qilindi. Portugaliyalik va argentinalikdan taşqari, röyxatda Alfredo Di Stefano (Ispaniya), Yohan Kroyf (Niderlandiya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Kevin Kigan (Angliya), Karl–Hayns Rummenigge (Germaniya), Mişel Platini (Fransiya), Marko van Basten (Niderlandiya) va braziliyalik Ronaldo ham bor.

Röyxatga kimlar kirişi mumkin?
France Football mezonlariga köra, «Oltin töp»ni kamida ikki marta qölga kiritgan futbolçilargina yangi sovringa nomzod bölişi mumkin. Şu sababli röyxatda Pele va Diyego Maradona yöq. Bu 1995-yilgaça mukofot faqat yevropalik futbolçilarga topşirilgani bilan izohlanadi.
Röyxatdan ön kişi joy oldi. Messining hisobida sakkizta, Ronalduda esa beşta «Oltin töp» bor. Bekkenbauer, Platini, Kroyf, van Basten va boşqalar bu mukofotni ikki-uç martadan qölga kiritgan.
Ovoz beriş jarayoni va uning öziga xos jihatlari
Taʼkidlanişiça, mukofot sohibi muxlislar ovozi bilan aniqlanadi. Muxlislarning sözlariga köra, har bir ovoz uçun 1 yevro tölaş kerak. Berilgan ovoz evaziga iştirokçi «Oltin töp» ğolibining yuqori sifatli raqamli fotosuratiga ega böladi. Şuningdek, ovoz beruvçilar örtasida 2027-yilgi taqdirlaş marosimiga ikkita çipta öynaladi.












