Keça va bugun yoğgan kuçli yomğirlar Samarqand hamda Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida kuçli sellar oqişiga sabab bölgan.

Jumladan, Samarqand şahridagi bir qator köçalarni suv bosgan. Iştixon tumanidagi bir neçta mahalla tölib sel oqqan. Urgut tumanidagi soylarga sel kelgan.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining xabar berişiça, Iştixon tumanidagi mahalladan oqqan sel heç kimga zarar keltirmagan.

Şuningdek, Bulunğur va Ğallaorol tumanlarida oqqan sel M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining suv bosişiga sabab bölgan.

Bundan taşqari, bugun, 20 aprel kuni yoğgan kuçli yomğirlar Jizzax viloyatining Foriş, Ğallaorol, Baxmal tumanlarida sel kelişiga sabab bölgan. Foriş tumanida bir neçta qişloqni sel bosib, suvlar xonadonlargaça kirib borgani aytilmoqda.

Hatto şu tuman hududlaridan birida qişloq oralab oqayotgan sel “Jiguli” maşinasini oqizib ketgan.