AQŞ-Eron muzokaralari
AQŞ prezidenti Donald Tramp şu haftada Eron bilan muzokaralar davom etişini kutmoqda. Bu haqda u Axios'ga bergan intervyusida maʼlum qildi.
«Men Eron bilan yangi muzokaralarni kutmoqdaman. Ular kelişuv tuzişni xohlayapti, ammo bu men tuzmoqçi bölgan kelişuv emas. Balki, biz bir yil oldin bunga rozi bölgan bölardik. Ular öz kuçlariga ortiqça baho berib yuborişdi», dedi Oq uy rahbari. Eronga zarba berişni qayta boşlaş mumkinmi, degan savolga esa Amerika yetakçisi «har doim bu haqda öylayotgani»ni taʼkidladi.
Naşr manbalariga köra, qatarlik vositaçilar bugunning özidayoq Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi va AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uçraşuvlar ötkazadi.
Tehron har qanday muzokaralarni Hörmuz böğozini töliq oçiş va AQŞ tomonidan qöyilgan dengiz blokadasini bekor qilişga qaratmoqçi. Vaşington esa Eronning yadroviy dasturi böyiça yon berişlarni öz içiga olgan kengroq bitim talab qilmoqda.
Bir neça kun oldin Tramp Eronning şartlari yozilgan kelişuvni rad etgandi. Wall Street Journal manbalariga köra, Amerika yetakçisi öz yordamçilariga – noyabrdagi oraliq saylovlardan söng Eronni bombardimon qilişni qayta boşlaş niyatida ekanini aytgan.
Netanyahu BAAga kelgani aytilmoqda
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu yakşanba kuni Abu-Dabiga taşrif buyurib, BAA prezidenti Şayx Zoid Ol Nahayon bilan uçraşgan. Bu haqda Isroilning yuqori martabali rasmiysiga tayanib Reuters xabar bermoqda.
Netanyahu idorasi va BAA taşqi işlar vazirligi bu xabarlarga hozirça izoh bermadi. Bu xabar çiqişidan biroz oldin Isroilning «Haretz» gazetasi ham BAAga aloqador tasdiqlanmagan xabar tarqatgandi. Unga köra, Ol Nahayon 2023-yil 7-oktabrdagi hujumlardan taxminan 10 kun oldin Netanyahuni – Hamas yirik operatsiya rejalaştirayotganidan ogohlantirgan bölişi mumkin. Ammo bu ogohlantiriş Isroil razvedka idoralariga yoki armiyasiga yetkazilmagan, deb yozadi «Haretz».
Netanyahu esa uşbu xabarni rad etib, gazetani sudga beriş bilan qörqitdi. Çunki u hozirda oğir qayta saylaniş kampaniyasini boşdan keçirmoqda. Muxolifat yetakçilari boş vazirni 7-oktabrdagi hujum oldidan xavfsizlik tizimidagi nosozliklar uçun ayblamoqda.
BAA esa Isroil gazetasining razvedka maʼlumotlariga doir xabariga izoh berişdan boş tortdi. Biroq 2020-yilda diplomatik munosabatlar örnatilganidan beri BAA va Isroil «oçiq va töğridan töğri aloqa liniyalarini» saqlab kelayotganini taʼkidladi.











