«Özbekiston Professional futbol ligasi boş direktori Davron Şoqurbonov joriy yil 25 may kunidan öz arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Şu sababli, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti A.Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxöjayev Özbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qömitasi tomonidan boş direktor vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlandi», - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma'lumot uçun, Diyor Imomxöjayev 2017 yildan buyon PFLda faoliyat yuritib keladi. U dastavval taşkilot direktori maslahatçisi, keyinçalik direktor örinbosari bölib işlagan.
Mutaxassisligi böyiça jurnalist hisoblangan Diyor Imomxöjayev «Futbol TV» telekanalida futbol öyinlarini şarhlab boradi.
Muxlislar orasida «Sport» telekanalida «Futbol şarhi» körsatuvidagi tanqidiy çiqişlari, «Sokker klub» mualliflik dasturida kelişilgan öyinlar muammosini kötarib çiqqani bilan tanilgan. Diyor Imomxöjayev matbuotda ham faoliyat yuritib, bir neça yil futbol naşrlari va sport saytlarida özbek futboli haqida maqolalar e'lon qilib kelgan.













