Raqobat qömitasi taksi agregatorlarining isteʼmolçilar va haydovçilarga körsatayotgan xizmatlari hamda narxlari yuzasidan örganiş boşladi. Bu haqda qömita axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, sönggi kunlarda yirik taksi agregatori faoliyatida kuzatilayotgan texnik nosozliklar ortidan raqobatçi agregatorlarda ham tiğiz vaqtlarda taksi narxlari bir neça barobargaça oşgan. Bu jamoatçilik eʼtirozlariga sabab bölgan.
Qömita örganiş davomida narxlar oşişining asosli ekaniga hamda raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya etilayotganiga alohida eʼtibor qaratilişini bildirgan.
Şu munosabat bilan taksi agregatorlaridan narxlarni şakllantiruvçi algoritm sozlamalarini qayta körib çiqiş, narxlarning keskin va sunʼiy oşişining oldini oliş söralgan.
Bundan taşqari, agregatorlar haydovçilarning mablağlarini öz hisoblariga ötkazişdagi nosozliklarni bartaraf etişi, asossiz bloklangan haydovçilarni blokdan çiqariş çoralarini körişi hamda bajarilgan buyurtmalar uçun nazarda tutilgan barça bonuslarni qayta hisoblab, tölab berişi lozimligi qayd etilgan.
Qömita raqobatçilarga nisbatan insofsiz raqobatga yöl qöymaslik, haydovçilar va isteʼmolçilar uçun sutka davomida işlaydigan texnik yordam markazlarining uzluksiz faoliyatini taʼminlaş zarurligini ham bildirgan.
Idora maʼlumotiga köra, örganiş natijasida raqobat qonunçiligi buzilgani yoki isteʼmolçilar huquqlari poymol etilgani aniqlansa, belgilangan tartibda tekşiruv ötkazilib, tegişli çoralar köriladi.
Eslatib ötamiz, 11-oktabr kuni Rossiyaning Vladimir şahridagi Yandex data-markazi dronlar hujumidan keyin faoliyatini töxtatgani haqida xabar berilgandi. Öşa kuni Özbekistonda ham Yandex Go xizmatida bir neça soatlik uzilişlar kuzatilgan.
Spot’ning yozişiça, Yandex Gödagi uzilişlar ortidan 11–13-oktabr kunlari boşqa taksi agregatorlariga talab keskin oşgan. Uklon’ning Özbekistondagi boş direktori Eduard Kovtun buyurtmalar odatdagidan 2–3 baravar köpayganini bildirgan. MyTaxi boşqaruvçi hamkori Aleksey Şitov esa buyurtmalar soni örtaça 15 baravar, liniyadagi haydovçilar soni 3 baravar oşganini maʼlum qilgan.












