Kun.uz’ga murojaat yöllagan Rofidjon Avazmamatovning aytişiça, şu yil 4-sentabr kuni Söx tumani Qizilqiyoq mahallasidagi xonadoni darvozasi yoniga xususiy firma va “elektroset” xodimlari beton “stolba” örnatişgan. 5-sentabr kuni stolba tagidan sinib ketib, otasining oyoğini bosib qolgan.

“4-sentabr kuni Söx tumani Qizilqiyoq mahallasidagi xonadonimizning darvozasi yoniga xususiy firma va “elektroset” xodimlari beton “stolba” örnatişdi. 5-sentabr kuni stolba tagidan sinib ketib, köçaga çiqqan otamning oyoğini bosib qoldi.

Zudlik bilan otamni Söx tumani markaziy şifoxonasiga olib bordik. Bemorni Farğona şahriga olib boriş kerakligini aytişdi. Şahar şifoxonasida otamning öng oyoğini kesib taşlaşdi. Sifatsiz yasalgan ustunni deb soğlom otam bir oyoğidan ayrilib, nogiron bölib qoldi. Bir oyoğidan ayrilgan otamni hozirgaça uyda davolatyapmiz. Voqea sodir bölganiga 3 oy bölyapti. Aybdor taşkilotlar otamning holidan biror marta xabar olmadi”, deydi jabrlanuvçining öğli.
Söx TETK rahbari Şerzod Rahimovga köra, sinib ketgan tayanç ustun xususiy korxona tomonidan işlab çiqarilib örnatilgan.

Kun.uz manbasiga köra, baxtsiz hodisaga sabab bölgan beton ustun “Solihaxon Saidaxon” xususiy korxonasi tomonidan Söx tumanida işlab çiqarilgan bölib, mahallaga Davlatjon Bobomansurov rahbarligida “Söx trans dunyo jahon” qöşma korxonasi tomonidan örnatilgan.

Holat tumanda sifatsiz ustunning qulaşi bilan boğliq birinçisi emas. Sodir bölayotgan köngilsiz hodisalar beton qorişmasining sifatiga nisbatan savollar uyğotadi. 2022-yil fevral oyida ham Zangat mahallasiga örnatilgan bir neçta yangi ustun ostki qismidan bölaklarga bölinib ketib, yer bilan bitta bölgan edi.











