Özbekistonda TEAM universiteti taşkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va “Business School HUMO Campus” mas'uliyati çeklangan jamiyatining TEAM universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, tadbirkorlik va boşqaruv, şuningdek boşqa sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş;
yuqori malakali mutaxassislarni, şu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, şuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoşlarimizni jalb etgan holda yetakçi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oşiriş;
Özbekiston Respublikasi va boşqa davlatlar korxonalari xodimlarining malakasini oşiriş, xorijning ilğor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiliş asosida tajriba almaşiş dasturlarini amalga oşiriş;
ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşiriş.
“Business School HUMO Campus” MÇJ Universitetda ta'lim jarayonini taşkil etişga kömaklaşiş böyiça Times Higher Education va/yoki Quacquarelli Symondsʼning TOP-1000 reytingiga kiradigan dunyoning yetakçi universitetlari bilan bitim tuzadi.
Quyidagilar:
Universitetni Toşkent şahrida va Surxondaryo viloyatining Termiz şahridagi filiali bilan taşkil etiş;
“Business School HUMO Campus” MÇJ tomonidan Universitetni rivojlantiriş rejalariga muvofiq, respublikaning boşqa viloyatlarida Universitetning filiallari taşkil etilişi mumkinligi tasdiqlanadi.
Belgilab qöyilişiça:
Universitet mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi nodavlat oliy ta'lim taşkiloti hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, ixtiyorida bölgan pul mablağlari va mol-mulki bilan öz majburiyatlariga javob beradi;












