Germaniya hukumati internetda bolalarni himoya qiliş çoralarini kuçaytirişni rejalaştirmoqda.
Takliflar orasida 13 yoşga tölmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlaş, ösmirlar uçun çeklovlar joriy etiş va boşlanğiç sinf öquvçilariga sunʼiy intellekt böyiça maxsus taʼlim dasturini işlab çiqiş kabi çoralar bor. Vazirlar mahkamasi islohotning asosiy qoidalarini maʼqullagan, ammo yakuniy qonunlar hali qabul qilinmagan.
Germaniya Yevropa Ittifoqi darajasida yagona qoidalar joriy etilguniga qadar öz çeklovlarini örnatişni közda tutmoqda. Bunda bolalar uçun möljallangan maxsus platformalarga istisno tariqasida ruxsat berilişi mumkin. 13 yoşdan 18 yoşgaça bölgan ösmirlar uçun bosqiçma-bosqiç çeklovlar nazarda tutilmoqda, biroq ular hozirça aniq belgilanmagan.
Hukumat, şuningdek, platformalarga dastlabki bosqiçdanoq bolalar xavfsizligini hisobga oliş majburiyatini yuklamoqçi. Jumladan, algoritmlar asosidagi tavsiyalarni standart holatda öçirib qöyiş va qaramlik keltirib çiqaruvçi funksiyalarga qarşi kuraşiş taklif etilmoqda. Bunday funksiyalar qatoriga lentani çeksiz aylantiriş va videolarni avtomatik ravişda ijro etiş kiradi.
Yana bir taşabbus «CI-Seepferdchen» dasturi bölib, unda boşlanğiç sinf öquvçilariga sunʼiy intellekt ilovalarini taniş, ularning imkoniyatlari va xavf-xatarlarini anglaş hamda ulardan ongli ravişda foydalaniş örgatiladi.
Çeklovlar qaçon kuçga kirişi nomaʼlum. Bitkom sörovi maʼlumotlariga köra, Germaniya aholisining 79 foizi bolalar uçun «CI-Seepferdchen» dasturi ğoyasini foydali deb hisoblaydi.











