Ramazon – Navoiy viloyatining Xatirçi tumani Angidon mahallasidagi 49-maktabda öqiydi. U yaşaydigan uy qişloqning Şaldiroq degan qismida bölib, maktabdan salkam 9 km uzoqda joylaşgan. Qahramonimiz akasi Javohir bilan birga har kuni maktabga eşak minib boradi.
Maktab uzoq bölgani sababli yölga ertaroq çiqişadi. Şunday bölsa ham, bir soat oraliğida yetib borişadi.
Issiq kunlarda yöl maşaqqati unçalik bilinmasa-da, sovuq tuşişi bilan maktabga borib keliş biroz murakkablaşadi.
Kunlar qisqarib, uzun tunlar boşlanadigan qorli kunlarda dars boşlanişini soat 9, hatto 10 ga ham köçirişar ekan. “Manzil” loyihasi bolakayning bir kun maktabga boriş maşaqqatini öz uslubida körsatişga harakat qildi.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus.












