Biroq mahalliy aholi uning bu harakatlarini insoniylikning oliy darajasi ekanligini qayd etib, şahar maʼmuriyatiga özbekistonlik haydovçini taqdirlaşni sörab murojaat qilgan. “Odam odamga yordam bersin. U dunyoda sizga şu yaxşilikning savobi kerak böladi”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Jamol Jörayev hozir 53 yoşda. U Rossiyaning Vladivostok şahrida 7-yönalişdagi avtobusda yölovçi taşiydi. Har kuni ertalab işga çiqib, belgilangan yönaliş böylab qatnaydigan haydovçining hayotida boşqalarnikidan ajralib turadigan bir odat bor. U qariyb ön yildan buyon közi ojiz er-xotinga avtobusga çiqiş va tuşişda muntazam yordam berib keladi.

Uning aytişiça, juftlik odatda Nekrasovskaya bekatidan avtobusga çiqib, Selxoz yoki Pokrovsk parki tomonga yöl oladi. Ularning har ikkisi ham köriş imkoniyatidan mahrum. Şu sababli jamoat transportidan foydalanişda boşqalarning kömagiga ehtiyoji bor. Haydovçi esa ularni bekatda körişi bilan avtobusdan tuşadi, transportga çiqişiga yordam beradi va örindiqlariga joylaştiradi. Manzilga yetgaç, tuşişlari uçun ham kömaklaşadi.

“11 yildan beri şu yerda işlayotgan bölsam, şunçadan beri bir-birimizni taniymiz. Ismim Jamol desam, ular ham biladi. Avtobusdan tuşaman, borib ularni olib kelaman, joyiga ötqazaman. Şunça yil yordam berib kelgan bölsam, aynan şu safar internetga tuşib qolibman”, – deydi Jamol Jörayev.

U bu işni favqulodda yoki alohida eʼtirofga loyiq harakat deb hisoblamaydi. Uning uçun yordamga muhtoj insonga kömaklaşiş hayotning oddiy bir qoidasiga aylangan.

“Rus ayoli şahar maʼmuriyatiga yozgan”

Jamol Jörayevning hikoyasi keng tarqalişiga mahalliy ayollardan biri sabab bölgan. Uning közi ojiz yölovçilarga kömaklaşayotganini körgan rossiyalik ayol bu holatdan taʼsirlanib, şahar maʼmuriyatiga murojaat qilgan. U özbek haydovçisining insoniyligini eʼtirof etiş zarurligini aytgan.

“Rus ayoli administratsiyaga yozibdi. 'Sizlar özbeklarni yomon körasizlar, ammo qaranglar, ular qanday odamgarçilik qilyapti', degan mazmunda yozibdi”, – deydi Jamol Jörayev.

Murojaatdan keyin Jörayevning bu ezgu harakatlari Vladivostokda eʼtirof etilib, unga şahar rahbari nomidan minnatdorçilik bildirilgan va esdalik sovğasi topşirilgan.

“Odam odamga yordam bersin. Duşmaningiz bölsa ham, unga yaxşilik qiling. U dunyoda sizga şu yaxşilikning savobi kerak böladi. Şuning uçun bu hayotda yaxşilik qiliş kerak”, – deydi Jamol Jörayev.

Töliq videoni Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.