Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida uyuşgan jinoyatçilik va jamoat tartibiga qarşi jinoyatlar uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan qonun muhokama qilindi.
Senatning 2-oktabrdagi xabariga köra, özgarişlar jinoyat sodir etiş usullari özgarib borayotgani va uyuşgan jinoyatçilikning yangi şakllari paydo bölayotgani munosabati bilan işlab çiqilgan.
Uyuşgan guruhdagi bezorilik uçun javobgarlik kuçaytiriladi
Qonun uyuşgan guruh tomonidan sodir etilgan bezorilik uçun javobgarlik çoralarini kuçaytirişni nazarda tutadi.
Xususan, jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoşga tölgan şaxslar uyuşgan guruh tarkibida bezorilik qilganlik uçun jinoiy javobgar bölişi belgilanmoqda.
Şuningdek, bezorilik oqibatida qasddan badanga oğir şikast yetkaziş hamda jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan oğir şikast yetkaziş uçun javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilgan.
Jinoiy uyuşmani moliyalaştiriş uçun yangi norma
Jinoyat kodeksi jinoiy uyuşma faoliyatini moliyalaştirganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi yangi norma bilan töldirilmoqda.
Hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilib, jinoiy uyuşma taşkil etilişiga yoxud u sodir etgan jinoyatlarni yaşirişga homiylik qilganlik uçun ham alohida javobgarlik belgilanmoqda.
Senatorlar uşbu çoralar jinoiy uyuşmalarning moliyaviy manbalarini çeklaş va ularga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga xizmat qilişini taʼkidlagan.
Noqonuniy jang musobaqalariga ham javobgarlik
Yana bir özgariş jangovar sport turlari böyiça musobaqalarga tegişli.
Bunday musobaqalarni qonunga xilof ravişda taşkil etiş yoki ötkaziş uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Ularda iştirok etganlik uçun esa Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga alohida javobgarlik çorasi kiritilmoqda.
Qonun bilan mazkur jinoyatlar böyiça dastlabki tergovni qaysi organlar olib borişiga doir protsessual normalar ham aniqlaştirilmoqda.
Muhokama yakunida senatorlar qonunni maʼqullagan. Senat xabarida jazolarning aniq miqdori va muddatlari keltirilmagan.












