2022−2025-yillarda 14 yoşga tölmagan bolalarning nomusiga tegiş böyiça 445 ta jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yiğilişida Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi Gulruh Agzamova maʼlumot berdi.
Uning sözlariga köra, 2022-yilda bunday holatlar böyiça 85 ta, 2023-yilda - 108 ta, 2024-yilda - 129 ta, 2025-yilda esa 123 ta jinoyat işi qözğatilgan.
Bu maʼlumotlar bolalarni zöravonlikdan himoya qilişni kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qiliş jarayonida keltirildi.
«Bugun biz şunçaki navbatdagi qonun loyihasini muhokama qilayotganimiz yöq. Biz bolalar taqdiri, ularning xavfsizligi, ertangi kunga bölgan işonçi, eng muhimi, jamiyatimizda bola qadri qançalik ustuvor ekanligi haqida gaplaşmoqdamiz», dedi Agzamova.
Deputat Namangan viloyatida yaqinda sodir bölgan holat bolalarga nisbatan oğir jinsiy zöravonlik uçun jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş zaruratini yana bir bor körsatganini taʼkidladi.
Eslatib ötamiz, bolalarga nisbatan öta oğir jinsiy jinoyatlar uçun jazoni kuçaytiriş, jumladan, 14 yoşga tölmagan bolaning nomusiga tekkanlik uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş haqidagi qonun loyihasi 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.
Qonun kuçga kirişi uçun Senatda maʼqullanişi va prezident tomonidan imzolanişi kerak.










