Keçroq pensiyaga çiqqanlarga köproq pul beriş tizimi yaratilişi mumkin

Pensiyaga çiqişni 6 yoki 12 oyga keçiktirgan fuqarolarni moliyaviy jihatdan rağbatlantiriş rejalaştirilyapti. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegişli qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirildi.

Qayd etilişiça, yuqori daromaddan ijtimoiy soliq tölayotgan hamda pensiya yoşida mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolarni qöşimça rağbatlantiriş maqsadida 2028-yil 1-apreldan boşlab birinçi marta pensiya tayinlaşda iş haqining yuqori çegarasi:

- pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga;

- 6 oy keç pensiyaga çiqilganda - pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 14 baravarigaça;

- 12 oy keç pensiyaga çiqilganda - pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravarigaça oşiriş taklif etilyapti.

Buning natijasida hisoblanadigan maksimal miqdoridan köproq oylik oladiganlar 6 oy keç pensiyaga çiqqanda oyiga 277,2 ming sömgaça yoki 8 foizga,12 oy keç çiqqanda esa oyiga 554,4 ming sömgaça yoki 15 foizga köproq pul olişi mumkin.

Maʼmuriy tartibda 10 sutkagaça uşlab turiş normasi Konstitutsiyaga zid deb topildi

«Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 288-moddasi ikkinçi qismining Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaş haqida»gi Konstitutsiyaviy sudning qarori qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinçi qismining Konstitutsiya 27-moddasi uçinçi qismiga muvofiqligini aniqlaşni söragan edi.

Konstitutsiyaviy sud qarori bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinçi qismidagi «xuquqbuzarning şaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlaş uçun zarur bölgan hollarda esa – uşlaş paytidan boşlab yigirma tört soat içida prokurorga yozma tarzda maʼlum qilib, 3 sutkagaça yoki huquqbuzarda özining şaxsini tasdiqlovçi hujjat bölmasa, prokurorning sanksiyasi bilan 10 sutkagaça muddatga uşlab turilişi mumkin»ligini nazarda tutuvçi norma Konstitutsiyasining 27-moddasi uçinçi qismiga muvofiq emas deb topildi.

Bu qoida asosan çegara tartibini yoki çegara ötiş punktlaridagi tartibni buzgan şaxslarga tegişli edi. Endi «çegara holati» yoki «hujjat yöq» degan sabab bilan odamni sudsiz sutkalab uşlab turişga huquqiy asos yöq. Davlat organi 48 soat içida yo sud qarori olişi yoki şaxsni qöyib yuborişi kerak.

Sirdaryodagi elektr stansiyasida 1600 MVt quvvat avariyaviy öçdi

Sirdaryo viloyatidagi EDF kompaniyasiga tegişli yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt quvvat avariyaviy öçdi. Oqibatda respublikaning ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtinça uzildi. Hozir barça isteʼmolçilar tarmoqqa qayta ulangani aytilmoqda.

Maʼlum qilinişiça, stansiya yangi qurilgan bölib, ayni vaqtda unda sinov-sozlaş işlari olib borilmoqda. Stansiyadagi avariyaviy öçiş natijasida avariyaga qarşi avtomatika işga tuşgan. Buning oqibatida asosan qişloq xöjaligi suv nasoslari va aholi isteʼmolçilarining elektr taʼminotida uzilişlar kuzatilgan.

Elektr taʼminotini tiklaş uçun energiya saqlaş tizimlari hamda elektr stansiyalaridagi zaxira quvvatlar işga tuşirilgan. Isteʼmolçilar bosqiçma-bosqiç tarmoqqa qayta ulanib, barçasining elektr taʼminoti tiklangan.

Toşkent viloyatida prokuror yordamçisi qölga olindi

Toşkent viloyati Oqqörğon tumani prokurori yordamçisi fuqarodan 4700 AQŞ dollarini noqonuniy olayotgan vaqtda uşlandi. DXX maʼlumotiga köra, u maşina oldi-sotdisi bilan boğliq masalani hal qiliş va 600 mln sömlik imtiyozli kredit olişga kömaklaşiş evaziga jami 12 ming dollar talab qilgan. Tadbir davomida u talab qilingan mablağning 4700 dollarini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruvda mazkur fuqarodan avval ham 1300 dollar olgani aniqlangan. Hozir holat yuzasidan prokuror yordamçisiga nisbatan jinoyat işi qözğatiş çorasi körilmoqda.

15 ta onlayn narkodökon faoliyati tugatildi

Joriy yilning 8 oyida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq 12104 ta jinoyat hamda 1410 ta maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlandi. Bu haqda Narkotiklar va öqotar qurollarni nazorat qiliş agentligi maʼlum qildi.

Agentlik maʼlumotlariga köra, uşbu davrda 89 ta yirik narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgan. Ulardan 1,4 tonna anʼanaviy va 61,7 kilogramm sintetik giyohvandlik vositalari, şuningdek, 4,6 million dona psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalar olib qöyilgan.

Şuningdek, 15 ta onlayn narkodökon faoliyati tugatilgan. Narkotiklar savdosi bilan şuğullangan, jami 630 mingdan ortiq obunaçi va aʼzoga ega 1911 ta internet resursi bloklangan. Ularning 609 tasi Telegram boti, 1004 tasi yopiq, 298 tasi esa oçiq kanal, guruh va çatlardan iborat.