Prezidentning farmoniga ko‘ra bog‘chalarda kutubxona tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishida chop etilayotgan kitoblarni ta'lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda o‘qish madaniyati, mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirishda alohida e'tibor qaratilgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida 3-6 yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim va tarbiya olish imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar, aholi va jamoatchilikning bolalarga erta ta'lim berish va oilada erta kitob o‘qishni tashkil etishning ahamiyati to‘g‘risida habardor qilish maqsadida tizimdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari qoshida kichik kutubxonalar tashkil etilmoqda. Joriy yilda 1220 ta maktabgacha ta'lim muassasasi 50 nomdagi kitoblar bilan ta'minlanadi.
Kichik kutubxona o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uchun sheriy to‘plamlar bilan ta'minlanadi va kitoblarni topish qulay bo‘lishi uchun har bir bo‘lim badiiy belgi: daraxt, ertak qahramonlar kabilar bilan nomlanadi.
Kichik kutubxonalar muassasa ichki imkoniyati hamda homiylarni jalb qilgan holda tashkil etiladi va bolajonlar uchun xizmat qiladi. Bolalarda mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tarbiyachilar tomonidan kitoblarni ifodali o‘qish, o‘qilgan kitoblar haqida suhbat, rasmlarni tomosha qilish, notanish so‘zlarni tushuntirish, adabiyot kechalari va biror mavzuga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etish kabi turli usullar qo‘llaniladi. Bu kabi usullar bola shaxsi, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi, bilish faolligining asosi sifatida umuminsoniy qadriyatlari bilan tanishishi, ijodiy tasavvurini shakllanishi, qiziquvchanligini rivojlantirishga yordam beradi.
Bularning barchasi haqiqiy kutubxonaning modeli sifatida bolalar uchun maxsus tashkil etilgan bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolada kutubxonaga borish ehtiyojini tarbiyalash va axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni berish ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda respublikada 4893 ta maktabgacha ta'lim muassasasi mavjud bo‘lib, shulardan 2931 ta maktabgacha ta'lim muassasasida ma'naviyat xonalari, 526 ta muassasada muzeylar faoliyat yuritmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Sport | 01:32
-
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT
Jahon | 00:59
-
Xitoyda sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga qarshi tergov boshlandi
Jahon | 00:38
-
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi
Jahon | 23:36 / 06.04.2025
Mavzuga oid

18:19 / 13.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

10:38 / 29.09.2024
«Barcha erishganlarimiz kitob ortidan» – kitob o‘qib Spark yutgan yosh oila

14:44 / 20.06.2024
Bolalar adabiyoti – muammo nimada?

17:35 / 27.04.2024