Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga koʻra, holat uning Zangiota tumani boʻlimi oʻtkazgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Qurilish ishlari «Suv taʼminot va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi» DUK Toshkent hududiy boshqarmasi hamda Toshkent viloyati «Suvoqova» DUK oʻrtasidagi shartnoma asosida olib borilgan.
Tekshiruv maʼlumotlariga koʻra, inshootda amalda 73,3 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Biroq hujjatlarda ishlar 87,2 milliard soʻmga bajarilgani haqida soxta maʼlumotlar rasmiylashtirilgan.
Departament mazkur holatdagi 13,9 milliard soʻmlik farq byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilinganini bildirgan.
Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.















