Özbekistonda bolalarga nisbatan öta oğir jinsiy jinoyatlar uçun jazoni kuçaytiriş, jumladan, 14 yoşga tölmagan bolaning nomusiga tekkanlik uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş taklif etilmoqda. Qonun loyihasi 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.

Hujjat «Adolat» partiyasi fraksiyasi taşabbusi bilan kiritilgan bölib, bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan.

Uşbu hujjat bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş közda tutilgan.

Qayd etilişiça, loyihada bolalarga nisbatan sodir etiladigan zöravonlik va jinsiy tajovuzlar uçun jazo çoralarini kuçaytiriş, jabrlangan bolalarni huquqiy jihatdan himoya qiliş, zöravonlik holatlarining oldini oliş hamda masʼul taşkilotlar va mansabdor şaxslarning javobgarligini oşirişga qaratilgan normalar aks etmoqda.

«Eng avvalo, bolalarga nisbatan sodir etilgan öta oğir jinsiy jinoyatlar uçun jazo keskin kuçaytirilmoqda. Xususan, ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan nomusga tegiş yoki jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaş közda tutilmoqda», – deyiladi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabarida.

Loyihadan yana şunday takliflar örin olgan:

  • bolaning jinsiy erkinligiga qarşi jinoyatlarni sodir etgan şaxslar javobgarlikka tortiş muddati ötgani sababli javobgarlikdan va jazoni ijro etiş muddati ötgani bois jazodan ozod qilinmasligi belgilanmoqda;

  • zöravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni söroq qiliş jarayonini videoyozuv orqali qayd etiş, jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar böyiça jabrlangan bola bilan gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçini yuzlaştirişni maxsus tartib asosida ötkaziş taklif etilmoqda;

  • bolaning yaqin şaxslari tomonidan zöravonlik sodir etilgan holatlarda esa jinoyat işini sudga qadar yuritiş va sud muhokamasi jarayonlarida vasiylik va homiylik organi vakilining iştirokini taʼminlaş nazarda tutilmoqda;

  • zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş mexanizmi ham joriy etilmoqda.