Adliya vazirligi maʼlumotiga köra, bank hisobvaraqlarini oçiş, yuritiş va yopiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Idoraviy hujjat 2026-yil 20-oktabrda 3420-3 raqami bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Yangi tartibga muvofiq, tadbirkorga nisbatan sanatsiya, taşqi boşqaruv yoki tugatiş tartib-taomili joriy etilsa, uning mablağlarini boşqariş uçun bankda maxsus hisobvaraq oçiladi.

Bunda tadbirkorning asosiy va ikkilamçi hisobvaraqlari böyiça çiqim operatsiyalari töxtatiladi. Ulardagi mavjud mablağlar, şuningdek, keyinçalik kelib tuşadigan pullar maxsus hisobvaraqqa ötkaziladi.

Asosiy va ikkilamçi hisobvaraqlarga qöyilgan band tölov hujjatlari, jumladan, inkasso topşiriqnomalari hamda band soliş töğrisidagi qarorlar ularni qöygan taşkilot va organlarga ijrosiz qaytariladi.

Maxsus hisobvaraqdagi mablağlardan esa faqat mijozning yoki sud boşqaruvçisining tölov topşiriqnomasi asosida foydalaniladi. Adliya vazirligi mazkur çoralar oğir moliyaviy ahvolga tuşgan tadbirkorlarning faoliyatini tiklaşga xizmat qilişini qayd etgan.

Özgartişlar fuqarolar uçun ham qator qulayliklarni nazarda tutadi. Endi ular özining barça bank hisobvaraqlari haqidagi maʼlumotlarni istalgan bankdan olişi mumkin. Ilgari bunday maʼlumot faqat asosiy hisobvaraq oçilgan bankdan berilar edi.

Bundan taşqari, bank hisobvaraqlarini oçişda şaxsni tasdiqlovçi hujjat sifatida xorijga çiqiş biometrik pasportidan ham foydalaniş imkoniyati yaratildi.