2-sentabr kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani «Burchmulla» MFY hududidagi Chorvoq suv omborida 3 nafar fuqaro (ota va uning ikki oʻgʻli) choʻkib ketdi, deya xabar qildi FVV.

Qayd etilishicha, ular katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib himoya nimchasiz suvga tushgan. Xabar kelib tushgan zahotiyoq FVV gʻavvos qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib 2−2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Qidiruv ishlariga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.

Vazirlik koʻlamning kengligi va suv omborining chuqurligi qidiruv ishlarini murakkablashtirayotganini taʼkidlagan.