Lekin öyin boşlanişi bilan hammaning közi «Sporting» safidagi 28 raqamli, öziga biroz katta futbolkani osiltirib kiyib olgan ozğin yigitçada. 25-daqiqada ana şu yigitça Luiş Felipega golli uzatma bergaç, hisob oçiladi. Birinçi bölimning özida 28-raqamli vunderkind penalti işlaydi va Pintu yana gol uradi.
Tanaffusda «MU» afsonalari Ferdinand, Giggz, Skoulz va Kin öyinni muhokama qiliş örniga Fergyusondan raqib safidagi 28-raqamli bolakayni sotib olişni söraydi. Keyinroq eslaşlariça, bu afsonalar serni köndirmagunça fikridan qaytmagan. Fergyuson bu işni hal qilmay stadiondan ketmaslikka söz beradi. Öşa öyindan olti kun ötib «MU» 12 million funt evaziga «Sporting»dan öşa vunderkindni sotib oladi.
Bu hali hammasi emasdi. Ronaldu «MU»ga qarşi öyindan 10 kun ötib endi «MU» safida APLda «Bolton»ga qarşi öyinda debyut qiladi. 4 kun ötib esa yigitça Qozoğistonga qarşi öyinda Portugaliya milliy jamoasi safida ilk bor maydonga tuşadi. Öşa paytlar köpçilik Rikardu Kuarejmaning ajoyib öyinlaridan hayratlanib yurar, vaqti kelib Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida 234 ta öyin ötkazib, 146 ta gol urişini tasavvur ham qilolmasdi.
Axir milliy jamoa safida 100 ta öyin ötkazişning özi ertaknamo natija, eng yaxşi töpurarlar esa 30-40 ta gol urgan bölardi-da. Lekin Ronaldu çegaralarni pisand qiladigan oddiy futbolçi emas, insoniyat tarixidagi eng zör atletlardan biri bölib çiqdi.
Bugun esa ana şu tirik afsona atrofida sportga xos bölmagan yoqimsiz intriga avj oldi. Ronaldu kutilmaganda milliy jamoa lagerini tark etdi, oçiqçasiga xafa bölib ketdi, keyinçalik nima bölganini aytib beraman, deb sirli tarzda ketdi.
Hurmatsizlik
Barçasi Ronaldu Norvegiyaga qarşi öyinda zaxirada qolişidan boşlandi. 2008-yildan buyon Ronaldu qaysidir öyinni töliq zaxira örindiğida ötkazmagandi, şu sabab murabbiyning bu qarori katta şov-şuvga sabab böldi. Murabbiy ham begona emas, Ronaldu bilan Saudiya çempioni bölgan Jezuş. Kriştuanu murabbiy uni keyingi öyinda ham tuşirmasligini bilgaç, milliy jamoa qarorgohidan çiqib ketgan.
Murabbiy futbolçi bilan heç qanday kelişmovçilik yöq ekanini aytmoqda, lekin uning sözlaridan gap nimada ekanini tuşuniş qiyin emas. «Bu yerda men boşman, heç bir futbolçi yoki prezident rejamni özgartira olmaydi», dedi Jorji Jezuş. Albatta, futbolda tarkibni murabbiy tanlaydi, kerak bölsa, «Real» afsonasi Kasilyas zaxirada ötirganini ham körganmiz. Şunçaki bu gal zaxirada qolgan şunçaki futbolçi emas, dunyoda eng köp kuzatiladigan sportçi ekani vaziyatni özgartirdi.
Portugaliya Ronaldusiz ötgan ikki öyinda ham ğalaba qozondi, murabbiyga heç qanday eʼtiroz yöq. Lekin Daniyaga qarşi öyinda juda xunuk voqea sodir böldi. Rafael Leau 7-raqamli futbolkada maydonga tuşdi. U 17-raqamda öynardi, qaysidir futbolçi 7-raqamni olişi majburiy emasdi. Aftidan, Portugaliya futboli rahbarlari va boş murabbiy Jezuş hujumçini 7-raqamni olişga undagan. Bu esa oçiqçasiga Ronalduga nisbatan hurmatsizlik edi.










