Samarqandda Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva taşabbusi bilan taşkil etilgan «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl» butunjahon sammiti boşlandi. Anjumanda turli mamlakatlarning birinçi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST va boşqa xalqaro tuzilmalarning yuqori martabali vakillari iştirok etmoqda.

Sammitda oğir xastalikka çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş böyiça Global tarmoq tuzilişi eʼlon qilindi. Bu haqda «St. Jude» (AQŞ) bolalar ilmiy-tadqiqot şifoxonasi vitse-prezidenti Karlos Rodriges-Galindo maʼlumot berdi.

Qayd qilinişiça, Global tarmoq oğir va hayot uçun xavfli, jumladan, onkologik kasalliklarga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş yölida xalqaro hamkorlik va tajriba almaşiş uçun birinçi xonimlar hamda davlat rahbarlarining turmuş örtoqlarini birlaştiradi.

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga Global tarmoq raisi böldi. Uning raislikka kirişiş marosimi Bolalar onkologiyasi böyiça xalqaro kongress doirasida ötkazildi.

Taʼkidlanişiça, bu qaror Özbekistonda bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantiriş borasida erişilgan yutuqlar, şuningdek, Ziroat Mirziyoyevaning saratonga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş, ularning sifatli tibbiy yordamdan foydalanişini taʼminlaş hamda hayotiy holatidan qatʼi nazar, har bir bolaning ösişi va rivojlanişi uçun şaroit yaratişdagi faol va yetakçi örnining eʼtirofidir.