Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisidagi nutqi.

Hurmatli Spiker! 
Hurmatli Senat raisi!

Muhtaram deputatlar va senatorlar!

Qadrli qöşma majlis iştirokçilari!

Şu kunlarda barçamiz birgalikda yuragimizda çuqur dard bilan, örnini töldirib bölmaydigan oğir judolikni boşimizdan keçirmoqdamiz. Nuroniy oqsoqollarimiz, mö'tabar onalarimiz va opa-singillarimiz, yoş yigit va qizlarimiz, 32 millionlik butun Özbekiston xalqi, xorijiy mamlakatlardagi köpsonli döstlarimiz buyuk davlat va siyosat arbobi, mamlakatimizning Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovni çeksiz qayğu bilan sönggi yölga kuzatdilar.

Şu fursatdan foydalanib, aziz Islom Abduğaniyeviçning rafiqasi — hurmatli Tatyana Akbarovnaga, qizi — Lola Islomovnaga va yaqinlariga barçamizning nomimizdan yana bir bor çuqur ta'ziya bildirişga ruxsat bergaysiz.

Vaqt va hayotning özi Islom Abduğaniyeviç Karimovning zamonamizning uluğ siyosatçisi, uzoqni köradigan va strategik fikr yuritadigan şaxs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan öta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatçilik nuqtai nazaridan köra biliş qobiliyatiga ega bölgan, öz yurti va xalqi uçun, har bir vatandoşimizning taqdiri uçun ulkan mas'uliyat tuyğusini çuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanligini har tomonlama tasdiqladi.

Milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, millatlararo töqnaşuvlar va boşqa ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda fuqarolar uruşi xavfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot çuqur inqirozga uçragan, bir söz bilan aytganda, eski zamonning umri tugab, yangi zamon boşlanayotgan bir paytda Islom Abduğaniyeviçning respublika rahbari etib saylanişi Yaratganning xalqimizga bebaho marhamati bölgan edi.

Islom Abduğaniyeviçga xos bölgan bukilmas iroda, fidoyilik, mardlik va vatanparvarlik, insoniylik va adolatparvarlik, samimiylik va mehribonlik kabi olijanob fazilatlar barçamiz uçun yorqin ibrat namunasi bölib qoldi.

Zamonaviy Özbekistonning tarixi — bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erişiş yölida Islom Abduğaniyeviç Karimov rahnamoligida olib borilgan öta murakkab va oğir kuraşlar tarixidir. Buyuk Yölboşçimiz haqli ravişda demokratik talablar va xalqaro mezonlarga töliq javob beradigan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham asosiy muallifi edilar.